Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o‘rtasida mutlaq Jahon chempionligi uchun jang qiladi.
Fyurining promouteri Frenk Uorren ushbu jang 29 aprel kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
“Jang 100 foiz aniqlik bilan aprelning so‘nggi shanbasida bo‘lib o‘tadi. Uzog‘i bilan bir haftada uning qayerda o‘tkazilishi ham ma’lum bo‘ladi”, — deydi Uorren.
Eslatib o‘tamiz, Oleksandr Usik Entoni Joshuaga qarshi revansh jangida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, og‘ir vazn toifasida Jahon chempionligini saqlab qolgandi.
Tayson esa Derek Chisorani mag‘lub etib, faoliyatidagi 33-g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)