Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 30-yanvardan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini onlayn almashtirish imkoniyati yaratiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib, YIDXP (my.gov.uz) yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi.

Buning uchun (my.gov.uz) orqali buyurtma beriladi. Buyurtmada:

  • bo‘sh qatorlar o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi;
  • tegishli bandlar tanlanadi;
  • yangi haydovchilik guvohnomasi yetkazib beriladigan manzil ko‘rsatiladi;
  • mobil telefon yoki kompyuter orqali shaxsiy imzo qo‘yiladi;
  • so‘nggi qadamda invoys shakillanadi va BHMning 70 foizi (210 000 so‘m) miqdorida hamda pochta xizmati uchun 25 000 so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

Markaz xodimi, kelib tushgan buyurtmani ko‘rib chiqib, chop etgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmatiga taqdim etadi.

Pochta xizmati tomonidan ikki ish kunida manzil bo‘yicha yetkaziladi va sizdan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonni olib, yangisini taqdim etadi. Pochta xizmati eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini va talonini DXMga topshiradi.

Izoh

Muhiddin

30 yanvar, 08:22

Assalomu alaykum! Men my.gov.uz tizimida eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish xizmatini topa olmadim. Foydalanganlar bormi? Qachondan foydalanish mumkin bo'ladi? Men bunday xizmatni topa olmadim.

Машраб

28 yanvar, 00:56

Ассалому алайкум ! Бошқа давлатда юрганлар қандай алмаштиради правани?

Sanjar Gapparov

27 yanvar, 22:59

суръати нима бўлади?

Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Tolibon” yetakchisi amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimidan bo‘shatishni buyurdi 
Mahalliy
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ramazon taqvimini e’lon qildi
Dunyo
“Tolibon” O‘zbekiston delegatsiyasi bilan muzokara olib bordi. Nimalar muhokama qilindi? (video)