• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oshayotgan narx-navo, muammoli kreditlar, bahsli statistika va komissiyali oltin quymalar – Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov bilan savol-javob

    26-yanvar kuni Toshkent shahrida Markaziy bank rahbariyati asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilish yuzasidan matbuot anjumani tashkil etdi. Muloqotda 2022-yilda Oʻzbekiston istisodiyotida kuzatilgan oʻzgarishlar, 2023-yildagi istisodiy kutilmalar toʻgʻrisida soʻz bordi.

    Anjumanda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov OAV vakillarining savollariga javob qaytardi. Xususan, “Daryo” muxbiri ham tashkilot rahbaridan bir nechta savollariga javoblar oldi.   

    Aholiga ajratilayotgan kreditlar inflyatsiya oʻsishiga qanday taʼsir qiladi? Pul-kdedit siyosatini qatʼiylashtirish aynan qaysi choralar orqali amalga oshiriladi?

    Kreditlarning yuqori surʼatlarda oʻsishi iqtisodiyotni qizdiradi va yalpi taklifga qaraganda yalpi talabning yuqori surʼatda oshishiga yordam beradi. Bu albatta, inflyatsiyaga taʼsir qiladi. Shuning uchun biz chakana kreditlarning oʻsishini doim kuzatib boramiz. Agar chakana kreditlarni oʻsish surʼatlari yuqorilab ketsa, Markaziy bankning zaxiralar yaratish boʻyicha bir nechta talablari orqali bu cheklab turiladi. Kredit bozorini qizib ketishi boʻyicha choralarni koʻrib boramiz.

    Pul-kredit siyosatini qatʼiylashtirish boʻyicha instrumentlarimiz keng. Masalan, oʻtgan yili milliy valyutadagi pul massasining oʻsishi 2021-yildagiga nisbatan 30 foizdan yuqori boʻldi. Yaʼni muomaladagi pul 30 foizdan koʻpaydi. Demak, shunga yarasha tovar boʻlishi kerak. Pul-kredit siyosatini qatʼiylashtirishda avvalo, tabiiy iqtisodiy oʻsish taʼsirida vujudga kelgan pul mablagʻini vaqtincha pul toʻlab banklardan olamiz. Keyin u puldan qoʻshimcha kredit berish hisobiga inflyatsiyaga taʼsir qiladigan omillarni kuchaytirmasligi uchun.

    Ikkinchidan, biz banklarga beriladigan maʼlum likvidligimizni cheklaymiz. Banklardagi pul bozoridagi operatsiyalar yuqoriga oʻssa, Markaziy bank kredit bergan boʻladi. Banklardan likvidlikni olganimizni koʻrsatadi. Yaʼni biz shu orqali pul siyosatimizni qatʼiylashganini koʻrsatib boryapmiz. Markaziy bank foiz toʻlyaptida, bu narsani banklardan olyapti. Oʻsha pul bozorida qizishni vujudga kelmasligini taʼminlash uchun.

    Mamarizo Nurmurodov
    Foto: “Daryo”

    Anomal sovuq paytida gaz va elektr energiyasida uzilishlar boʻldi. Bu banklar faoliyatiga qay darajada taʼsir qildi? Tok  oʻchishidan banklar koʻrgan zarar kompensatsiya qilinadimi?

    Albatta, elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar banklarning sifatli xizmat koʻrsatishiga salbiy taʼsir qildi. Joylarda chiroq oʻchishi oqibatida bankomatlar va internet ishlashida muammolar boʻldi. Biz buni inkor qila olmaymiz. Lekin tijorat banklaridan koʻrsatilayotgan xizmatlarda uzilishlarni kamaytirishni, yaʼni generatorlardan foydalanishni iltimos qildik. Bankomatlar va valyuta ayirboshlash xizmatlari, pul oʻtkazmalarini vaqtida amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrildi.

    Banklarga qancha miqdorda moddiy zarar yetkanini hisoblaganimiz yoʻq. Bunga fors-majordek qarash kerak. Chunki bu faqat banklarga emas, butun Oʻzbekistonning iqtisodiyotiga salbiy taʼsir qildi.

    Bu yerda davlatning maʼlum bir majburiyati yoʻq. Yaʼni davlatning men shuni qilib beraman (elektr energiyasi bilan taʼminlash maʼnosida – tahr.) degan joyi yoʻq. Buni maʼlum bir xoʻjalik yurituvchi subyektlar bajaradi. Zararni davlat emas, “Oʻzbekenergo” yoki gaz yetkazib beruvchi korxonalar qoplashi kerak.

    Lekin kutilgan holatlarning oldini olish boʻyicha tayyorgarligimiz talab darajasida boʻlmaganini bir necha bor taʼkidlandi. Shuning taʼsirida bu narsa boʻldi.

    Hozirgi kun oʻsha yoʻqotishlarning salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha ishlar bajarilmoqda. Masalan, tijorat banklarida dekabr oyining oxiri va yanvarda elektr yoʻqligi hisobidan pul oqimlarida kamayish kuzatilgan xoʻjalik subyektlariga kredit taʼtillari berilyapti. Yaʼni hozir kreditini toʻlashi kerak edi, tizim ishlamadi, toʻlay olmadi. Unga shu mablagʻni keyingi davrlarda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan taʼtil berilmoqda. Bu ish boshlangan. Kecha bir rahbar kredit taʼtilini uch yilga choʻzib berishimizni soʻradi. Xudo hayringni bersin, sen ikki oy ishlamagan boʻlsang, nega 3 yilga choʻzish kerak, degan savolni hech kim bermaydi. Shuning uchun bu masalada banklar bilan individual yondashilmoqda.

    Tijorat banklari 2022-yilni qariyb 14 trillion soʻmlik muammoli kreditlar bilan yakunlagan. Bu muammoga mansabdorlar bosimi ham sabab boʻlyaptimi? Masalan, oʻtgan yili viloyat hokimlaridan biri oʻtkazgan sayyor qabul videosi tarqaldi. Unda fuqaro hokimdan kredit berilishini soʻragan. Hokimga hokim yordamchisi u fuqaroda pulni qaytarishga sharoiti yoʻqligini aytdi. Hokim kredit bermasang, hozir seni ishdan haydayman, deb xodimga tahdid qilgan. Vaholangki, hokim yordamchisi kredit uchun kafolat berishi kerak. Hokimni harakatlaridan anglash mumkinki, hududlarda banklarga bosimlar, ularning faoliyatiga davlatning aralashuvi yuqori. Bu holatga munosabatingiz qanday? Kreditlar, oʻzi umuman, erkin iqtisodiyot shakllanishiga toʻsqinlik qilayotgan omil davlat aralashuvi emasmi?

    Muammoli kreditlarga mansabdorlarning taʼsiri direktiv kreditlar bilan bogʻliq narsa. Yaʼni davlat dasturlari uchun ajratiladigan imtiyozli, direktiv kreditlarni kimga va qanaqa shartlar asosida berish belgilangan. Albatta, buning muammoli kreditlarga taʼsiri bor. Hokim yordamchisi tavsiya bermasa, kredit berilmaydi. Biz inson omilini kamaytirish maqsadida elektron platforma yaratganmiz. Bu yerda banklar roli yoʻq. Gapingiz oʻrinli va toʻgʻri. Bunday taʼsirlar bor. Biz buni borgan sari minimallashtirishga harakat qilyapmiz. Lekin hammasiga ham qoʻlimiz yetayotgani yoʻq. Bu bor holat. Maqsadimiz buni minimallashtirish.

    Markaziy bank oltin quymalar, estalik tilla tangalar sotuvini yoʻlga qoʻygan. Banklar quymani qimmat sotib, arzon sotib oladi. Masalan, bugun 10 grammli quymani 7 million soʻmga sotib olsam, Markaziy bank eʼlon qilgan narxi oʻzgarmasa ham, bank mendan 6,5 million soʻmdan sotib olishini aytadi. Yaʼni sotish narxi aytiladiyu, odamlardan sotib olish narxlari ochiqlanmaydi. Bu odamlarni chalgʻitib, pul ishlash emasmi? Markaziy bank oltin quymalar sotuvidan qancha daromad oladi?

    Oltin quymalar boʻyicha bevosita daromad olmaymiz. Endi ayrim operatsiyalarimiz bor, masalan, oltinni depozitga qoʻyib, daromad olishimiz mumkin. Asosiy oltin boʻyicha daromadlarimiz narx oʻzgarishidan boʻladi. 2021-yilda Markaziy bank oltin sotish va sotib olish boʻyicha 300 million dollar daromad oldik.

    Oltin quymalar boʻyicha koʻtargan savolingiz toʻgʻri. Bu boʻyicha tushuntirish ishlarini kengaytiramiz. Ularni sotib olishda 3 foizlik komissiyasi ushlab qolinadi. Oʻsha kuni qaysi narxda shakllangan boʻlsa, masalan, bugun 1944 dollar boʻlsa, oʻsha narxda sotib olinadi. Bu boʻyicha tushuntirish beramiz. Hozir oltin quyma sotib olib, bankka yana qaytarib sotmoqchi boʻlsangiz siz mablagʻingizdan uch foizini komission toʻlov uchun yoʻqotasiz.

    Markaziy bank Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga qay darajada ishonadi? Ayrim iqtisodchilar oʻzbek statistikasi faqat oʻsishni koʻrsatishga moslashtirilgan degan gaplarni aytadi. Markaziy bank bunga qanday munosabatda?

    Biz albatta, statistikadan foydalanamiz. Usiz boʻlmaydi. “Oʻrab, yaxshi qilib”, koʻrsatadi degan gaplar notoʻgʻri. Statistikaning mohiyatini tushunishga harakat qilishimiz kerak. Bizning tasavvurimizda statistika hamma subyektdan hisobotni yigʻib, qoʻshib, oʻrtachasini chiqarib berishi kerak, degani notoʻgʻri tushuncha bor.

    Koʻp sohalar borki, bizga ular haqida qiyoslashlar, oʻrganishlar orqali statistik xulosalar beriladi. Masalan, aholini tomorqa xoʻjaligidan olingan daromadini olaylik. Tasavvur qiling, Oʻzbekiston boʻyicha barcha aholining tomorqadan olgan yalpi daromadini hisoblashning iloji yoʻq. Bu tanlanma oʻrganishlar orqali baholanadi.

    Statistikaga ishonasizmi deyilyapti. Masalaning mohiyatiga eʼtiborliroq boʻlishimiz lozim. Hozir statistika boʻyicha eksport 21 foiz oʻsdi deyildi. Men eksport tushumlari 28 foiz oʻsdi dedim. Ertaga siz statistika 21 foiz degan edi, janob Nurmurodov 28 foiz dedi, farq qayerda, degan mazmunda maqola yozishingiz mumkin.

    Eʼtibor berish kerakki, men eksport tushumlari toʻgʻrisida gapirdim. Bu yerda statistika respublikadan chiqib ketgan va kirgan tovarlar haqida gapiryapti. Men u tovarlarga toʻlangan va kirib kelgan pulni aytyapman. Bunda oldindan toʻlov qilinib, pul kelgan boʻlishi mumkin. Yoki uzilishlar ham boʻlib turadi. Shuning uchun statistika notoʻgʻri aks ettiryapti deb, birdan xulosa chiqarish kerak emas. Bu mening fikrim.

    27.01.2023, 19:04   Izoh (0)   6096
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 

    27.01.2023, 18:51

    AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 

    27.01.2023, 18:33

    O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

    27.01.2023, 17:00

    “Human.uz” jurnalistlari qo‘lga olindi

    27.01.2023, 16:40

    Mirziyoyev: Oʻzbekiston—Qirgʻiziston hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan harakatlar muvaffaqiyati transport sohasidagi hamkorlik samaradorligiga bogʻliq

    27.01.2023, 16:12

    Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    27.01.2023, 15:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.