• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Versal saroyida Germaniyaning imperiya deya e’lon qilinishi, yorib o‘tilgan Leningrad qamali va bir kunga ishlamay qolgan Wikipedia. Kun xronologiyasida 18-yanvar

    18-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Versal saroyida Germaniyaning imperiya deya e’lon qilinishi, Leningrad qamalining yorib o‘tilishi hamda bir kunga ishlamay qolgan Wikipedia’ga oid faktlar o‘rin olgan.

    Fransuzlarning kamsitilishi: Germaniya qanday qilib imperiyaga aylangan edi?

    1871-yil 18-yanvar kuni Prussiya qiroli Vilgelm I Versal saroyida Germaniya imperatori (kayzer) etib e’lon qilingan. 1870—1871-yilgi urushda Fransiyaning mag‘lubiyatga uchrashi va Germaniyaning yagona davlatga birlashuvi bilan nemis xalqi tarixida yangi davr — Ikkinchi reyx boshlangan. U 962-yilda Buyuk Otton tomonidan asos solingan Birinchi reyxning ramziy davomi edi va 1806-yilga qadar mavjud bo‘lgan.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    1061 yil oldin Germaniya qiroli Qadimgi Rim shahrida Rim papasining qo‘lidan gulchambarni qabul qilib olgan. Imperatorlik maqomi Otton I ga mutlaq hokimiyatni taqdim etib, uni boshqa insonlardan ustun qo‘yilishiga sababchi bo‘lgan. O‘tgan an’analarga muvofiq 1871-yilda Vilgelm I ga eng hashamatli tarzda — fransuz monaxlari qarorgohida toj kiydirilgan. 1870-yil oktabrdan Prussiya armiyasi bosh shtabi tomonidan egallangan Versal fransuzlarni yanada yerga urish uchun marosim o‘tkaziladigan joy sifatida ataydan tanlangan edi. Vilgelm I aynan shu yerdan o‘z qo‘shinlarini boshqargan.

    Vilgelm I imperator unvonini “bundan buyon nemis xalqi o‘zining mashaqqatli va jasoratli kurashi uchun mukofot sifatida Germaniya xavfsizligini ta’minlaydigan chegaralar ichida mustahkam tinchlik o‘rnatishi umidida” qabul qilgan. U Berlinga butun xalq mehriga sazovor bo‘lgan g‘olib sifatida qaytgandi.

    Imperiyaga Shimoliy Germaniya ittifoqiga kirmaydigan Janubiy Germaniya davlatlari qo‘shilgan. Ular orasida eng muhimi Bavariya edi. Germaniya imperiyasi aholisi 41 million kishiga oshgan, uning armiyasi soni esa 1 million askar va ofitserga yetgan.

    Germaniyaning birinchi imperatori Rossiya imperatori Aleksandr II ning amakisi edi: Vilgelm I ning tug‘ishgan singlisi malika Friderika Sharlott Vilgelmina Nikolay I ning rafiqasi va Aleksandr II ning onasi bo‘lgan. Aytgancha, sovet tarixchilari Aleksandr II ni “amakisini hurmat qilishda” va birlashgan militaristik Germaniyaning shakllanishiga hissa qo‘shganlikda ayblagan.

    Foto: Nitowiki

    Foto: Nitowiki
    1871-yil aprelda parlament tomonidan butun imperiya konstitutsiyasi qabul qilingan. Vilgelm I birlashgan derjava rahbari va ittifoq prezidentiga aylangan. Imperiya 22 ta monarxiyadan va uchta erkin shahar — Gamburg, Bremen va Lyubekdan iborat federatsiya tamoyiliga asosan shakllantirilgan. Ushbu davlatlarning har biri ayrim mustaqilligini saqlab qolgan. Ularning o‘z hukumatlari va parlamenti bo‘lgan. Yangi konstitutsiya bo‘yicha mahalliy sulolalar ham saqlanib qolgan, bu Germaniyaning monarxik ruhiyati va an’analarini mustahkamlashga xizmat qilishi kerak edi.

    Fransiya bilan tinchlik shartnomasi imzolanganidan keyin 1871-yil 10-may kuni Elzas va Lotaringiya imperiyaga qo‘shilgan. Konstitutsiya imperatorga ulkan hokimiyatni taqdim etardi, biroq butun tashqi va ichki siyosatini qurgan hokimiyatning birinchi shaxsi Otto fon Bismark bo‘lib qolgan. 1871-yilda birlashgan Germaniya me’mori imperiyaning birinchi kansleriga aylangan. Xalq orasidagi mashhurligiga qo‘shimcha ravishda, u knyaz unvoni va yangi qasrga ega bo‘lgan.

    Vilgelm I shaxsiy fazilatlari tufayli o‘ziga yuklangan roldan juda mamnun edi va ortiqcha narsaga da’vogarlik qilmagan. Uning zamondoshlari Bismarkdan farqli o‘laroq, monarxni o‘ziga xos shaxs deb hisoblamagan. Shu bilan birga, u tirishqoq mehnatga moyilligi, niyatini amalga oshirishdagi matonatliligi, mustahkam irodasi, odamlarni ochib, ularning iste’dodini o‘z maqsadiga erishish yo‘lida ishlatish qobiliyati bilan ajralib turardi. Vilgelm I armiya ishlari bilan faol qiziqqan va Germaniya qurolli kuchlari modernizatsiyasiga butun sa’y-harakatlarini yo‘naltirgan.

    Foto: Nitowiki

    Foto: Nitowiki

    Konstitutsiyaga muvofiq, reyxskanslerni tayinlash yoki lavozimdan olish vakolati faqat imperatorda bo‘lgan (1890-yilda yosh imperator Vilgelm II keksa Bismark soyasida qolishni istamasdan, mazkur huquqdan foydalangandi).

    Germaniya imperiyasi e’lon qilingan paytdan boshlab 1914-yilgacha bo‘lgan vaqt Yevropa tarixidagi urushlarsiz davom etgan eng uzoq davrlardan biri hisoblanadi. Biroq Bismark tanlagan hokimiyatni rivojlantirish modeli, ko‘plab tarixchilarning fikriga ko‘ra, Berlinning butun qit’ada va hatto butun dunyoda yetakchilik qilish istagini o‘z zimmasiga olardi. Tashqi siyosatning tegishli kursi Bismarkning erta nafaqaga chiqishi va oliy hokimiyat Vilgelm I ning nabirasi Vilgelm II qo‘lida to‘planishidan keyin yanada aniqlashgan. Uning maqsadi faol mustamlakachilik faoliyati, dunyoni qayta taqsimlash va Germaniya tomonidan Britaniya imperiyasi bilan taqqoslanadigan kuchga erishish edi.

    Foto: Nitowiki

    Foto: Nitowiki

    Ikkinchi reyx 1918-yilgacha, nemislar Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchrab, Vilgelm II inqilob fonida taxtdan voz kechgan holda Niderlandiyaga qochib ketgunga qadar faoliyat ko‘rsatgan.

    Leningrad qamalining yorib o‘tilishi

    1943-yil 18-yanvar kuni “Uchqun” operatsiyasi boshlangan bo‘lib, sovet qo‘shinlari Leningrad qamalini yorib o‘tishga muvaffaq bo‘lgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Leningrad blokadasi — salkam uch yil davom etgan harbiy qamal bo‘lib, hozirgi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan. Qamal Ikkinchi jahon urushi davrida Moviy divizion vakillari – nemis, fin va ispan qo‘shinlari tomonidan shaharni egallash va uni yo‘q qilish maqsadida amalga oshirilgan edi.

    Leningrad jangidan avval nemis askarlari ko‘plab yo‘llarni bosib o‘tgan va nihoyat, 1941-yilning 5-sentabr sanasida Leningradni to‘laqonli egallab olgan va uni butun mamlakatdan uzib qo‘ygan. 871 kun davom etgan qamal boshlangach, Leningrad bilan aloqalar faqatgina ikki yo‘l orqali – Ladoga ko‘li va havo orqali saqlanib qolgan.

    Shahar egallab olingandan so‘ng oziq-ovqat va yoqilg‘i taqchilligi boshlandi. Leningradga kirib-chiqish faqatgina Ladoga ko‘li orqali bo‘lgani sababli tashqariga kemada chiqish mumkin edi xolos, uning ustiga ko‘l atrofida dushman dengiz kuchlari izg‘ib yurar edi. Ushbu transport arteriyasining quvvati shahar ehtiyojlarini qondirish uchun yetmadi va natijada Leningrad keng ko‘lamli ocharchilikka duchor bo‘lgandi. Qishga kelib muammo soni yana bittaga ortdi – issiqlik. Ushbu muammolar yanada og‘irlashib, 100 minglab aholining yostig‘ini quritgan.

    1940-yilning 18-dekabrida Gitler “Barbarossa” operatsiyasi deb nomlangan 21-direktivani imzoladi. Ushbu rejada uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha SSSRga uch guruh qo‘shinlari tomonidan hujum qilish nazarda tutilgan edi: “Shimol” guruhi Leningradga, “Markaz” Moskvaga va “Janub” Kiyevga.

    Leningrad SSSRning 3,2 million aholisini o‘ziga sig‘dirgan muhimligi bo‘yicha ikkinchi shahar edi. Leningrad u paytlarda ilmiy-texnik jihatdan boshqa shaharlarga nisbatan ancha yuksalgan edi, qolaversa, ishlab chiqarish va qurilish sohalari ham rivojlangan edi.

    1941-yilning 22-iyunida Germaniya SSSRga hujum uyushtirgan. Bu kunda Leningrad shahri va viloyatida, boshqa ko‘plab shaharlar kabi harbiy (favqulodda) holat e’lon qilingan. Leningrad harbiy-okrug qo‘mondoni general-leytenant Popov Luga hududida Pskov yo‘nalishida qo‘shimcha mudofaa chizig‘ini yaratish bo‘yicha buyruq olgan. Leningradga, asosan, himoyalanish uchun qal’alar qurishga katta ishchi kuchi kerak bo‘ldi. Muddatli harbiy xizmatga 16 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan ayollar jalb qilingan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Ishli aholi o‘z ishidan so‘ng jamoat ishlarida uch soat, ishsizlar esa sakkiz soat ishlashi majburiy qilib belgilangan. Qurilish ishlari yetti kun ketma-ket ishdan so‘ng to‘rt kun dam olish kunlari shaklida o‘tkazilgan. Mudofaa inshootlari Leningrad yaqiniga ham, ichiga ham qurilgan. 1941-yilning 20-avgust holatiga ko‘ra, Leningradda 814 ming kishiga mo‘ljallangan bombadan himoyalovchi va 672 ming kishilik 336 ta chiziqli quvur-xandaqlar mavjud edi. Bu bilan bir vaqtda 65 ming kishini o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan yana 383 ta boshpana barpo etilayotgan edi.

    12-iyul kuni navbatdagi nemis bo‘linmalari Luga hududiga yetib bordi, u yerda esa nemislar hujumi kechiktirildi. Charchagan harbiy guruh Leningrad tomon ozgina oldinga yurdi, xolos. Ruslar ushbu to‘xtalishdan foydalanib, oz bo‘lsa-da tayyorgarlik ko‘rib olgan. Germaniyaning hujumi bir necha haftaga cho‘zildi. Shahar qo‘lga kiritilmagach, Gitler ushbu to‘xtalishlardan norozi bo‘ldi. U sentabrdan kechiktirmasdan Leningradni bosib olish rejasini tayyorlash uchun “Shimol” harbiy guruhiga maxsus tashrif uyushtirgan.

    Gitler va harbiylarning ko‘plab muhokamalaridan so‘ng nemis askarlari qayta yig‘ildi va Katta Sabskda ilgari egallab olingan plasedarmdan boshlab Krasnogvardeys yo‘nalishi bo‘yicha hujumlar boshlashdi. Bir necha kundan so‘ng Luga mudofaasi yorib o‘tildi. 15-avgustda nemislar Novgorodni, 20-avgust — Chudovni, 30-avgust esa nemis qo‘shinlari Leningradni mamlakat bilan bog‘laydigan so‘nggi temiryo‘lni ham kesib tashlagan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    8-sentabr kuni “Shimol” harbiylari Shlisserburgni bosib olgan, bu shaharni nazorat qilish bilan Leningradning quruqlikdagi aloqalarini butunlay uzish mumkin edi. Shimol tomondan finlyandiyalik askarlar shaharni qurshab oldi, shu kundan boshlab 872 kunlik qamal boshlangan. Bosib olingan hududlarning umumiy maydoni 5 ming kvadrat kilometr edi. “Qamal uzugi” ichiga Boltiq floti, Leningrad frontining aksar qismi va ko‘plab oddiy aholi kirgandi. Qo‘shinlar va shaharning barcha tinch aholisini qo‘shib hisoblaganda 2,5 milliondan ortiqroq kishi blokadada bo‘lgan. Leningrad osmonida endi erkinlik bulutlari yo‘q edi, barcha temiryo‘l, daryo va avtomobil aloqalari uzilgan. Boshqa shaharlar bilan aloqalar faqatgina havo va Ladoga ko‘li orqali qattiq nazorat bilan bo‘layotgan edi.

    10-sentabrda Gitlerning 15 ta ko‘chma bo‘linmani “Markaz”ga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘iga bo‘ysunmasdan Fon Leeb Leningradga hujum boshlab yuboradi. Natija kutilganidek bo‘ldi — shahar atrofidagi sovet qo‘shinlari mudofaasi buzilgan.

    Bir sutkaga ishlamay qolgan Wikipedia

    2012-yil 18-yanvar kuni Wikipedia AQSHda internet qaroqchilikka qarshi kurash bo‘yicha qonun loyihasi muhokama qilinganiga norozilik bildirib, bir sutkaga saytning ingliz tilidagi versiyasini yopib qo‘ygandi. Saytning istalgan sahifasini ochishga uringan tashrif buyuruvchilar “Erkin bilimsiz dunyoni tasavvur qiling” yozuvi tushirilgan qora ekranga duch kelgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shuningdek, o‘sha kuni Wikipedia’ning boshqa tillardagi bo‘limlariga, jumladan, rus tilidagi versiyasiga “So‘z erkinligi xavf ostiga” gapi tushirilgan qora chiziq joylashtirilgan. Erkin internet-ensiklopediyaga shuningdek, Reddit “xalq yangiliklari” va Boing Boing blog-platformasi ham qo‘shilgandi.

    Ushbu resurslar foydalanuvchilari AQSH Kongressida muhokama qilingan “Internet qaroqchilikni to‘xtatish” va “Intellektual mulk himoyasi” qonun loyihalariga qarshi chiqish qilgan. Wikipedia asoschisi Jimmi Uels BBC’ga bergan intervyusida mazkur qonunga nisbatan o‘z munosabatini bildirgandi: “Sopa himoyachilari o‘z raqiblarini qaroqchilikka yo‘l ochmoqchi bo‘lgan yoki qaroqchilarni himoya qilmoqchi bo‘lgan odamlar deb atashadi. Aslida qonun loyihasi shu qadar keng va yomon yozilganki, qabul qilingudek bo‘lsa, qaroqchilikka qarshi kurashga umuman aloqasi bo‘lmagan ko‘plab holatlarga zarba beradi”.

    Wikipedia sayti asoschilari o‘z foydalanuvchilariga insoniyat tarixidagi eng yirik ensiklopediyani yaratish uchun millionlab soat va 10 yildan ortiq vaqt sarflaganini bildirgan. AQSH Kongressi esa ochiq va erkin internetga “halokatli zarbani” berishga qaratilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqqan.

    AQSh Kongressi Vakillar palatasida Sopa tashabbuskorlari mazkur qonun loyihasi orqali “qallob saytlar”ning pul ishlashlarini to‘xtatish maqsad qilinganini bildirgan. Hujjat kontent egalari va AQSH hukumatiga qaroqchilik bilan bog‘liq saytlarni yopishni talab qilish uchun qonuniy choralar ko‘rish vakolatini berishi kerak edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Shuningdek, u AQSHda joylashgan internet-provayderlar, qidiruv va to‘lov tizimlari va reklama tarmoqlaridan noqonuniy faoliyatga aloqadorlikda gumon qilingan xorijiy manbalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishni yoki ular bilan bog‘lanishni to‘xtatishni talab qilardi.

    Oq uy tomonidan qonun loyihalarini blokirovka qilish ehtimoliga qaramay, Wikipedia internet-ensiklopediyaning ingliz bo‘limi ma’murlari kompaniya tarixida birinchi ommaviy norozilik namoyishini o‘tkazishga qaror qilgan, chunki ularning fikriga ko‘ra, ushbu qonun “jahon tarmog'ining erkinligi va ochiqligiga qattiq zarba beradi”.

    Shu bilan birga, o‘shanda Twitter kompaniyasi rahbari Dik Kostolo mikrobloklar sayti aksiyaga qo‘shiladimi degan savolga quyidagicha javob bergandi: “Global korxonani bitta mamlakat siyosatiga javob sifatida yopish — bu shunchaki ahmoqlik”.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Ispaniyada termoyadroviy bombasini yo‘qotib qo‘ygan AQSH, Yaponiyada 6,4 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila va Polsha bosh vaziriga aylangan pianinochi. Kun xronologiyasida 17-yanvar

    18.01.2023, 09:30   Izoh (0)   34364
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Germaniyada ekofaol Greta Tunberg ko‘mir konini kengaytirishga qarshi namoyishda politsiya tomonidan hibsga olindi (video)

    18.01.2023, 08:46

    “Olmos to‘y”: Bruney sultonining qizi amakivachchasiga turmushga chiqdi (foto)

    18.01.2023, 07:21

    Faqat O‘zbekistonda emas: Indoneziyada 200 ga yaqin bola sirop iste’mol qilishi ortidan vafot etdi

    17.01.2023, 23:42

    Qirg‘iziston hukumati amaldorlarga beriladigan mukofot pullarini tejash orqali Turkiya dronlarini sotib oldi

    17.01.2023, 23:35

    Putin O‘zbekistondagi anomal sovuqdan hayratdaligini bildirdi (video)

    17.01.2023, 22:59

    Qozog‘istonda TikTok’dagi o‘yin tufayli bolalar o‘z joniga qasd qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi

    17.01.2023, 22:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Lukashenko kartoshkalarni Rossiyaga “munosib narxlarda” sotishni buyurdi

    Dunyo | 29 may, 15:31

    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

    Reklama | 29 may, 15:00

    Birga suratga tushish 550 dollar: Uill Smit sahnaga qaytmoqda

    Kino | 29 may, 15:16

    Kanada Yevropa Ittifoqining qurollanish dasturiga qo‘shiladi

    Dunyo | 29 may, 15:00

    Bu kadrlar tasodifan o‘ylab topilgan: aktyorlarning eng mashhur improvizatsiyalari

    Kino | 29 may, 14:50

    O‘zbekiston va Italiya strategik sherikligini mustahkamlash bo‘yicha deklaratsiya imzolandi

    O‘zbekiston | 29 may, 14:43

    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul!

    Reklama | 29 may, 13:30

    Amerikalik qiz manti tugishni o‘rgatib minglab dollar ishlab topmoqda

    Layfstayl | 29 may, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.