• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ispaniyada termoyadroviy bombasini yo‘qotib qo‘ygan AQSH, Yaponiyada 6,4 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila va Polsha bosh vaziriga aylangan pianinochi. Kun xronologiyasida 17-yanvar

    17-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Ispaniyada termoyadroviy bombasini yo‘qotib qo‘ygan AQSH, Yaponiyada 6,4 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila hamda Polsha bosh vaziriga aylangan pianinochiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Ispaniyada termoyadroviy bombasini yo‘qotib qo‘ygan AQSH

    1966-yil 17-yanvar kuni Ispaniya uzra aviahalokat sodir bo‘lgandi: Amerikaning B-52 strategik bombardimonchisi Palomares qishlog‘i ustida yonilg‘i quyuvchi samolyot bilan to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan va to‘rtta termoyadroviy bomba yo‘qolgan. Bu jiddiy diplomatik inqirozni keltirib chiqargan va oxir-oqibat Amerika bombardimonchilarining Yevropa hamda O‘rta Yer dengizi uzra parvozlarining taqiqlanishiga olib kelgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Sovuq urush davrida AQSH Harbiy-havo kuchlari Strategik aviatsiya qo‘mondonligi “Xromlangan gumbaz” nomli operatsiyani o‘tkazgan. Bortiga termoyadroviy qurol ortilgan B-52 strategik bombardimonchilari havoga jangovar navbatchilik olib borgan — ular tegishli signal olishi bilan SSSR hududidagi tegishli obyektlarga zarba berishi lozim edi.

    Navbatchilik asosan ikki asosiy yo‘nalishda olib borilgan: Atlantika okeani ustidan o‘tuvchi janubiy — u yerda samolyotlarga yonilg‘i quyilgan va samolyot bazaga qaytgan, ikkinchisi, AQSH va Kanada qirg‘oqlari bo‘ylab o‘tgan shimoliy yo‘nalish.

    Operatsiya taxminan yetti yil davom etgan, bu vaqt davomida bortida yadroviy qurol bo‘lgan bombardimonchi bir necha bor halokatga ham uchragan. Faqatgina Palomares ustidagi aviahalokat operatsiyani sezilarli darajada qisqartirish, keyinchalik esa butunlay yopib yuborilishiga olib kelgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1966-yil 17-yanvar kuni Seymur-Jonson aviabazasidan bir juft B-52G “Stratofortress” strategik bombardimonchilari natbatdagi patrulni amalga oshirish uchun havoga ko‘tarilgan. Ularning har birining bortida to‘rttadan B28RI termoyadroviy bombalari bo‘lgan (har birining quvvati 1,45 megatonna trotil ekvivalentiga teng).

    Samolyotlar janubiy yo‘nalish bo‘yicha parvoz qilgan. Ular reja bo‘yicha Ispaniya hududi ustida ikki marta yonilg‘i quyishi kerak edi. Palomares qishlog‘i ustida yonilg‘i quyish vaqtida bombardimonchi 9,5 ming metr balandlikda “Stratotanker” samolyoti bilan to‘qnashib ketgan.

    Ob-havo yaxshi edi, shunchaki samolyotlar bir-biriga juda yaqin kelgan va tankerning yonilg‘i shtangasi bombardimonchi fyuzelyajining ust qismiga urilib, lonjeronini sindirib yuborgan va yong‘inni yuzaga keltirgan. Bombardimonchi chap qanotidan ayrilgan va qulashni boshlagan, tankerda esa yong‘in chiqib, portlashni yuzaga keltirgan.

    Fojia oqibatida tanker ekipajining barcha a’zosi — to‘rt kishi halok bo‘lgan. Bombardimonchining esa yetti nafar ekipaji a’zosidan to‘rt kishi omon qolgan: ulardan biri kapitan Buxman jiddiy kuyish jarohatini olgan, u katapultadan foydalanib, qo‘lda parashyutni ochgan va quruqlikka qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Qolgan uch nafar harbiy dengizchilar tomonidan qutqarilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Samolyotlar qoldiqlari va eng muhimi uchta termoyadroviy bomba Palomaresga qulagan. Manolo Gonsales ismli mahalliy fuqaro dahshatli portlash sodir bo‘lgan vaqtda ko‘chada bo‘lganini eslaydi. “Osmonga qaradim va ulkan olovli sharga ko‘zim tushdi, u yerga yaqinlashib kelardi. Ikkita samolyot parchalanib ketdi”, — deydi u.

    Sodir bo‘lgan voqea shubhasiz yirik favqulodda holat edi — halokat haqidagi xabar AQSH Harbiy-havo kuchlarining Madriddagi bazasiga yetkazilgan. Shundan keyin baza komandiri general-mayor Vilson sodir bo‘lgan holat bo‘yicha Omaxadagi Strategik qo‘mondonlik shtabini ogohlantirgan va zudlik bilan voqea joyiga qutqaruv-qidiruv guruhini yo‘naltirgan. AQSH prezidenti Lindon Jonson halokatdan ertasi kuni xabar topgan va bombani qidirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishni buyurgan.

    Nazariy jihatda bombalarga qotirilgan parashyutlar uni yerga ohista tushirishi kerak edi, ammo halokat vaqtida parashyutlarning ikkitasi ochilmay qolgan (uchinchi bomba deyarli shikast yetmagan holda yerga tushgan). Natijada ikkita bombada oddiy portlovchi vosita detonatsiyasi sodir bo‘lgan. Baxtli tasodif bilan yadroviy portlash sodir bo‘lmagan, aks holda uning quvvati 1000 ta Xirosimadan ortib ketishi kerak edi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Halokatdan keyingi bir necha kun ichida Palomares plyaji 700 ga yaqin amerikalik uchuvchi va olimlar ishtirokidagi yirik operatsiya bazasiga aylangan. Ularning vazifasi yadroviy qurolni topish va zararsizlantirish edi. To‘rtinchi bombani topishda muammo sodir bo‘lgan. Fransisko Orts ismli mahalliy baliqchi so‘roq vaqtida O‘rta Yer dengiziga parashyutda tushgan bombani ko‘rganini aytgan. Uning gaplarini bombaning parashyut tizimi qopqog‘ining topishi bilan isbotlangan, ya’ni parashyut ochilgan edi va u yaqin atrofda bo‘lishi kerak.

    22-yanvar kuni AQSH Harbiy-dengiz kuchlarini jalb etishga qaror qilingan: qidiruv ishlariga 20 dan ortiq kema chaqirilgan. Qidiruv operatsiyasi dasturini maxsus texnik guruh tuzgan, uning tarkibida g‘avvoslar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Uillard Sirl va matematik Jon Kreyven ham bor edi. Bombaning izi 1-martda aniqlangan: suvosti apparati suv ostiga kirib ketgan bombani topishga muvaffaq bo‘lgan. Mutaxassislar 15-mart kuni 800 metrlik chuqurlikda qurolni olib chiqqan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Sodir bo‘lgan voqea jiddiy diplomatik inqirozni yuzaga keltirgan. Ispanlar AQSH harbiylari ularni xavf ostiga qo‘yganidan norozi edi. Ularni nafaqat pullar va zarar yetgan qishloq xo‘jaligi infratuzilmasini qayta tiklash bilan, balki namoyishkorona chiqishlar bilan ham tinchlantirishga urinishgan. O‘sha yili AQSH elchisi Angyer Bidl Dyuk Madridga kelib, telekameralar qarshisida kechirim so‘ragan. Palomaresdagi aviahalokatdan keyin AQSH Ispaniya uzra yadroviy qurollar ortilgan bombardimonchilari parvozlarini to‘xtatgan.

    Yaponiyada 6 mingdan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan zilzila

    1995-yil 17-yanvar kuni Xonsyu oroli g‘arbida joylashgan Kobe port shahrida Rixter shkalasi bo‘yicha 7,3 balli zilzila sodir bo‘lgan. Uning epimarkazi Avadzi orolining shimoliy qismida bo‘lib, taxminan 16 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilziladan keyin yong‘in yuzaga kelgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Mazkur yer osti silkinishlari mamlakat tarixidagi eng vayronkor zilzilalardan biriga aylangan, Yaponiya hukumati tomonidan tabiiy ofatni “Xansin-Avadzining buyuk zilzilasi” nomi bilan atash bo‘yicha qaror qabul qilingan.

    Zilzila oqibatida 6,4 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan, 40 mingdan ziyod inson jarohat olgandi. Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Kobeda halok bo‘lganlarning 60 foizini 60 va undan katta yoshdagilar tashkil etgan.

    Yer osti silkinishlari oroldagi 105 mingga yaqin binoni vayron qilgandi, 144 ming inshootga va 274,1 ming uy xo‘jaliklariga qisman zarar yetgan. 85 foiz ta’lim muassasalari, 7,2 ming yo‘l, 330 ta ko‘prik yo‘qqa chiqqan. Eng ko‘p talafot Kobe shahri hisobiga to‘g‘ri kelgan — bu yerda 4,5 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan, 14 ming kishi yaralangan, 120 mingdan ortiq inshoot vayron bo‘lgandi.

    Zilzila oqibatida yetkazilgan umumiy zarar 9,9 milliard iyenani tashkil etgan — bu milliy budjetning qariyb 10 foizini tashkil etardi. Shaharni qayta tiklash uchun 3 oy vaqt sarflangan, favqulodda holatdan 7 oy o‘tib, temiryo‘l qayta tiklangan. Tabiiy ofat natijasida paydo bo‘lgan 19,8 ming tonna chiqindi utilizatsiya qilingan. Butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirilgan xayriyalar natijasida 178,3 milliard iyena tashkil etgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    2005-yil 18-yanvar kuni Kobe shahrida BMT sha’feligida Tabiiy ofat xavfini kamaytirish bo‘yicha xalqaro konferensiya ochilgan. Unda Xiogskaya deklaratsiyasi qabul qilingan bo‘lib, hujjatda xalqaro forum ishtirokchilarining barchasining fikrini ifodalagan. Shuningdek, konferensiya delegatlari tomonidan 2005—2015-yillar uchun Harakatlarning asosli dasturi qabul qilingan.

    2015-yilda u 2030-yilga qadar uzaytirilgan. Yangi dasturda 2030-yilga qadar zilzila, suv toshqinlari, to‘fon va boshqa tabiiy ofatlar oqibatida yuzaga keladigan o‘lim holatini sezilarli kamaytirish, iqtisodiy yo‘qotishlar hajmini qisqartirish bo‘yicha yettita maqsad belgilangan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Yaponiyada 1995-yilgi zilzila qurbonlari xotirasiga har yili “Nur festivali” o‘tkazib kelinadi, uning birinchisi fojiadan 11 oy o‘tib o‘tkazilgandi. 2019-yilda mazkur festival 6—15-dekabr kunlari o‘tkazilgandi. Tadbirga 3,4 milliondan ortiq odam tashrif buyurgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Polsha bosh vaziriga aylangan pianinochi

    1919-yil 17-yanvar kuni polshalik pianinochi va kompozitor Ignatsiy Yan Paderevskiy Polsha bosh vaziriga aylangan edi. Polsha mustaqilligining otasi va mamlakatning xalqaro maydondagi vakili sifatida ta’riflangan inson aslida kim edi? Quyida shu haqida ma’lumot beramiz.

    Foto: Arioszo

    Foto: Arioszo
    Yan 1860-yil 18-noyabr kuni Kurilovka qishlog‘ida dunyoga kelgan. Oilasi o‘rta hol bo‘lsa-da, ajdodlari mahalliy Padarevo sulolasiga borib taqalgan. Ignatsiyning onasi u chaqaloqligida o‘lib ketgan, otasi esa bir necha yildan keyin Rossiya hukumati tomonidan Yanvar isyoniga ko‘rsatgan yordami uchun hibsga olingan va u bir yil Kiyevdagi qamoqxonada o‘tirgan. Jazo muddati tugagach, u uyiga qaytib, o‘g‘lining ta’limi bilan shug‘ullangan, jumladan, farzandini musiqaga yo‘naltirgan. Muallimlar ko‘p o‘tmay yigitcha fortepianoda boshqa o‘quvchilardan ko‘ra yaxshiroq ijro etishini payqab qolgan, 12 yoshida bolakay Varshavaga yuborilgan va u shu yerdagi musiqa institutiga o‘qishga kirishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. O‘qishni tamomlagach, uni dars berishi uchun institutda olib qolishgan. Ammo bu bilan ta’lim jarayonlari yakunlanmagan.

    22 yoshli Yan bastakorlik san’atini o‘rganish uchun Berlinga, ikki yildan keyin esa artistokratlar va ilmiy elita to‘planuvchi Zakopanega yo‘l olgan. U yerda musiqachi Xelena Mojevskaya — o‘sha vaqtlarda butun dunyoga mashhur dramatik aktrisa bilan tanishib qolgan. Ularning Krakovdagi “Saksoniya” mehmonxonasida bergan qo‘shma konserti katta daromad keltirgan va Paderevskiy o‘z orzusini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan: yigit Venaga borib, mashhur Teodor Leshetskiy qo‘lida fortepiano musiqasini o‘rgangan. Yan to‘rt yil davomida musiqa chalish texnikasini o‘rgangan va bir vaqtning o‘zida butun Yevropa bo‘ylab konsertlar bergan. 1888-yil martda Parijda bergan konsertidan keyin unga “ikkinchi Shopen” nomi berilgan.

    “Parij, Bryussel, Praga, Vena va Germaniyada nom qozondim; qarzlarim kamaydi va men orkestrli fortepiano uchun konsert yozdim”, — degandi Yan Paderevskiy.

    Paderevskiyning mashhurligi kun sayin ortib borgan: u knyaz Radzivillarnikida musiqa chalgan, ispan va ingliz malikalari, aristokratlar olami, siyosatchilar, diplomatlar bilan tanishgan. U butun Yevropani zabt etgandi. Endigi navbatda Amerika edi. U birgina Nyu-Yorkning o‘zida 32 ta konsert bergan va keng auditoriya to‘plab, yaxshigina foyda ko‘rgan. Pianinochi AQSHdagi polshalik migrantlar bilan aloqa o‘rnatgan va u yerdagi siyosiy doiralarga kirgan, biroq u paytlarda Yan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish haqida o‘ylamasdi. Ignatsiy gastrollarini davom ettirgan — Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Amerika, Yevropadagi chiqishlarini ham qoldirmagan.

    Paderevskiyning shaxsiy hayoti avvaliga fojiaviy kechgan: 20 yoshida uylangan Antonina Korsakuvna to‘ydan bir yil o‘tib, o‘g‘li Alfred dunyoga kelganida vafot etgan. Bolakay ham butun umr falajlikdan aziyat chekkan va yoshligida olamdan o‘tgan. 1899-yilda Paderevskiy yana oila qurishga qaror qiladi va Xelena Gurskayaga uylanadi.

    Foto: Arioszo

    Foto: Arioszo

    Gap-so‘zlarga ko‘ra, Paderevskiy o‘zining mashhurligi ortidan kelgan potensial sabab siyosatchiga aylangan. Uning siyosiy faoliyati boshlanishi 1910-yilga, musiqachi Krakovda nutq irod etganiga to‘g‘ri keladi. Shu yilning o‘zida Shopen yubileyi nishonlangan Lvovda u mashhur nutqini so‘zlagan. Biroq siyosatga Birinchi jahon urushidan keyin jiddiy qiziqish bildirgan. U 1915-yilda Genrik Senkevich tomonidan asos solingan Polshadagi urush qurbonlariga yordam ko‘rsatish Bosh qo‘mitasi faoliyatida ishtirok etgan. Shu yili musiqachi Shveysariyadan jo‘nab ketgan, Fransiya va Buyuk Britaniya orqali AQSHga yetib borib, Polsha mustaqilligi bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashni boshlagan.

    Paderevskiy tanishlari yordamida 1917-yili AQSH prezidenti Tomas Vudro Vilson bilan tanishishga muvaffaq bo‘lgan. 1918-yil 8-yanvarda u tinchlik haqidagi nomasida Polsha mustaqilligi masalasini Yevropada kelajakdagi tinchlik uchun 14 shartdan biri sifatida tan olgan.

    1918-yil dekabrda Paderevskiy Britaniyaning “Konkord” kreyserida Gdanskka yetib kelgan. Ertasi kuni u Poznaniga qadar yetib olgan. Uning tashrifi shaharda vatanparvarlik noroziliklarini boshlab yuborgan va u nemislarga qarshi Buyuk Polsha qo‘zg‘aloniga aylanib ketgan — polyaklar bu safar g‘alaba qozongan.

    1919-yil 25-yanvar kuni Yan Vazirlar Kengashi raisi sifatida o‘z kabinetining birinchi yig‘ilishini o‘tkazgan, shu bilan birga u tashqi ishlar vaziri vazifasini ham bajargan. 1919-yil 28-iyun kuni Paderevskiy Versal shartnomasi ostida o‘z imzosini qo‘ygan — bu Birinchi jahon urushining yakunlanishida muhim hujjatga aylangan edi. Versal shartnomasining muhim jihatlaridan biri Polshaga Prussiya yerlarining katta qismini berish edi.

    Foto: Arioszo

    Foto: Arioszo

    Ammo muxolifatning keskin chiqishlari sabab Paderevskiy oxir-oqibat kabineti iste’fosini e’lon qilgan va 1920-yilda Polshadan butunlay chiqib ketgan. Yan Varshavadan Shveysariyaga qaytgan va konsertlar berishni boshlagan, shu bilan birga u polshalik yosh musiqachilarni qo‘llab-quvvatlagan.

    1939-yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangan, Paderevskiy yoshi keksayib qolgan bo‘lsa-da chetda turmagan. U siyosatchilarga maktublar yo‘llab, radioda chiqishlar qilgan, 1940-yil yanvarda Polsha Milliy Kengashining inauguratsiya majlisida nutq so‘zlab, polyak xalqining omon qolishiga ishonch bildirgandi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Berlindagi bunkerga ko‘chib o‘tgan Gitler, sovet qo‘shinlaridan norozi bo‘lib o‘ziga o‘t qo‘ygan chexoslovakiyalik talaba va AQSHda manyakning qatl etilishi. Kun xronologiyasida 16-yanvar

    17.01.2023, 09:30   Izoh (0)   56686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniya Mudofaa vazirligi Ukraina uchun yordam paketi haqida e’lon qildi

    17.01.2023, 09:16

    “Angarlik manyak”: 80 dan ortiq ayolni o‘ldirgan mahbus Ukrainadagi urushga yuboriladimi?

    16.01.2023, 23:43

    Germaniya tashqi ishlar vaziri Putinni qanday sudlash bo‘yicha sxema taklif qildi

    16.01.2023, 23:18

    Prigojinga qarshi guvohlik berishga tayyor: “Vagner” sobiq qo‘mondoni Norvegiyaga qochib ketdi

    16.01.2023, 22:55

    “Koinot go‘zali-2022” tanlovi g‘olibining olmos toji qancha turadi?

    16.01.2023, 22:43

    Polsha bosh vaziri Ukraina urushda yutqazsa, uchinchi jahon urushi boshlanishini ma’lum qildi

    16.01.2023, 22:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45

    Eron Isroilga 20 ta raketa uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 10:40

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.