Qozog‘istonda ijtimoiy tarmoqlar orqali erkak qizi TikTok’dagi o‘yin tufayli o‘z joniga qasd qilgani haqida gapirgan audio tarqalmoqda. Holat yuzasidan mamlakat Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirdi. Bu haqda Stopfake.kz xabar berdi.
Erkakning so‘zlariga ko‘ra, uning qizi 12-yanvar kuni zinada o‘zini osib o‘ldirgan. U qizining o‘z joniga qasd qilishiga TikTok’dagi o‘yin sabab bo‘lganini aytgan. Erkak shu tariqa boshqa ota-onalarni farzandlarining telefonlarini tekshirishga chaqirgan.
Shuningdek, erkak Taraz shahrida ikki nafar sinfdosh bola ham aynan shu sabab bilan o‘z joniga qasd qilganini ta’kidladi. Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirib, TikTok’dagi o‘yin tufayli uch bola o‘z joniga qasd qilgani bilan bog‘liq holatni rad etdi. “Mazkur ma’lumot tasdiqlanmagan”, — deydi IIV.
Avvalroq Qirg‘iziston parlamenti (Jogorku Kenesh) deputati Janibek Qidiqboyev mamlakatda TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklashni taklif qilgandi. U mazkur ijtimoiy tarmoq bolalarga salbiy ta‘sir ko‘rsatayotganini qayd etgan. U so‘z isboti sifatida TikTok‘da narkomaniya, spirtli ichimlik reklama qilinishi, tanalar ham ko‘rsatilishini qo‘shimcha qilgan.
Afg‘onistonda esa “Tolibon” TikTok’dan foydalanishni taqiqlagan. Bundan tashqari, axloqsiz mazmundagi kanal va ko‘rsatuvlar faoliyatiga chek qo‘yish topshirilgan.
Izoh (0)