Rossiyaning Moskva shahrida o‘smir uyqusizlikning davolab bo‘lmaydigan irsiy kasallik sifatida tavsiflangan kam uchraydigan shaklidan vafot etdi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.
Yujnobutovskaya ko‘chasidagi ko‘p qavatli uydan 16 yoshli o‘smirning jasadi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u orttirilgan irsiy uyqusizlik tufayli vafot etgan bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallik irsiyat va maqbul davolanish yo‘li yo‘qligi bilan tavsiflanadi, u 50 yoshdan oshgan odamlarga ta’sir qiladi, ammo istisno holatlar ham bor.
Bunday uyqusizlikning keyingi bosqichlarida odam uxlash va gapirish qobiliyatini yo‘qotadi, tezda vazn yo‘qotadi. Dunyo bo‘ylab ushbu kasallikning 40 dan 70 gacha holatlari qayd etilgan.
Mavzuga doir: Uyqusizlik qiynaganda qanday yo‘l tutish kerak?
Izoh (0)