Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn 25—26-avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan amalga oshmoqda. Mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, kimyo, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, konchilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadi. Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)