Xitoyda shifokorlar uch yashar qizchaning boshidan 15 santimetrli pichoqni chiqarib oldi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

Internetda boshiga pichoq sanchilgan qiz va uning onasi shifoxonaga ketayotgani aks etgan video tarqalgan. Hodisa Yunnan provinsiyasidagi Kunming shahrida avgust oyida yuz bergan. Onaning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘rpa-to‘shaklarni almashtirayotib, bexosdan choyshabni siltab yuborgan. Oqibatda yonidagi 15 santimetrli pichoq uchib borib, qizning boshiga sanchilgan.
Biroq shifoxona xodimlaridan biri ona aslida qizini qo‘rqitish uchun pichoqni qo‘liga olganini aytmoqda. Oqibatda ayol uni ehtiyotsizlik bilan qizining boshiga otib yuborgan.
“Tibbiyot xodimlari pichoqni muvaffaqiyatli olib tashladi, qizaloq kasalxonada barqaror ahvolda”, deyiladi xabarda.
Qizning bosh suyagi yumshoqligi sababli pichoq o‘limga olib kelmagan.

“Agar qizchaning onasi shoshqaloqlik bilan pichoqni sug‘urib olganida, xavf juda katta bo‘lardi. Zudlik bilan professional tibbiy yordamga murojaat qilish to‘g‘ri yo‘l”, dedi shifokor.
Izoh (0)