• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “ISHID videoroliklarini ko‘rib radikallashgan”. Nyu-Yorkdagi teraktda gumonlanayotgan Sayfullo Soipov hamon ISHIDga sodiq qolayotgani ma’lum bo‘ldi

    2017-yilda Nyu-Yorkda ijaraga olingan yuk mashinasida velosiped yo‘lakchasidagi odamlar ustiga bostirib borgan va sakkiz kishining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov internet orqali ISHID videoroliklarini tomosha qilish orqali radikallashgan va haligacha hujum uyushtirish uning diniy majburiyati bo‘lgan edi, deb hisoblaydi. Bu haqda 9-yanvar kuni uning sud tomonidan tayinlangan advokati ma’lum qildi, deb yozadi CNN.

    Foto: CNN

    Foto: CNN

    “Bugun bu yerda o‘tirar ekanmiz, u hali ham bunga ishonmoqda, u hali ham ISHIDning unga yuborgan xabarlariga ishonadi va o‘zi qilgan ish Ollohning irodasi bilan bo‘lgan, deb bilmoqda”, — dedi Soipovning advokati Devid Patton.

    Soipov federal sudda 28 ta ayblov bandi bo‘yicha o‘z aybiga iqror bo‘lmadi, shularning sakkiztasi qotillik, 18 tasi esa suiqasd va terrorizm bilan bog‘liq boshqa ayblovlardan iborat.

    Agar u aybdor deb topilsa, u o‘lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Sud jarayoni prezident Jo Bayden davrida o‘lim jazosi haqidagi birinchi federal ish hisoblanadi, avvalroq u federal darajada o‘lim jazosini bekor qilishga va’da bergan edi.

    Ayblovlar 2017-yil 31-oktabr kungi hujum bilan bog‘liq bo‘lib, o‘shanda Soipov yuk mashinasida Manxettenda Vest-Sayd velosiped yo‘lakchasida velosipedchilar va piyodalar ustiga bostirib borgandi. So‘ng, o‘sha paytda hukumat ma’lum qilganidek, u maktab avtobusiga borib urilgan, sochma ov miltig‘i va peyntbol miltig‘ini qo‘lida tutib yuk mashinasidan tushgan. Rasmiy shaxslarga ko‘ra, u Nyu-York politsiyasi ofitseri tomonidan o‘q uzib yarador qilingan va hibsga olingan.

    Jinoyat ishiga qaraganda, u tergovchilarga, go‘yoki, hujumni qariyb bir yil davomida rejalashtirgani va ISHID videoroliklaridan ilhomlanganini aytgan.

    9-yanvar kuni sudda prokuror Aleksandr Li hujum haqida gapirib, Soipov yuk mashinasidan qurol sifatida foydalanib, “vayronkorlik” va “dahshat” sahnasini yaratganini tasvirlab berdi.

    Shundan keyin Soipov federal agentlarga o‘zining terrorchilik fitnasi haqida gapirib berishga “intildi”, dedi Li.

    “U FQB agentlariga o‘z hujumini qanday rejalashtirgani va mashq qilgani haqida gapirib berdi. Uning maqsadi — imkoni boricha ko‘proq odamlarni o‘ldirish bo‘lganini aytdi. ISHID yetakchisi hujumlar uyushtirishga chaqirgani, u esa bunga javoban harakat qilganini ta’kidladi”, — dedi Li.

    Lining aytishicha, Soipov kasalxonada federal agentlar bilan intervyu chog‘ida o‘z hujumi haqida eslab jilmaygan. Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda u o‘zining kasalxonadagi palatasiga ISHID bayrog‘ini osib qo‘yishni ham so‘ragan.

    Prokurorning aytishicha, Soipov hamon ISHIDga nisbatan sodiqligini saqlab qolgan. U hujumdan keyingi yillarda qamoqxonada turib amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlar chog‘ida o‘z oila a’zolariga ISHID askari ekanligini aytgan.

    Soipovning advokati Patton u hujum uyushtirganini rad etmasdan, o‘zining kirish nutqini Soipovning maqsadlariga va uning ISHID bilan aloqalariga qaratdi.

    Advokat Soipovning xatti-harakatlarini “mantiqsiz” deb atadi va uning qilmishini oqlab bo‘lmasligini aytdi.

    Ayblanuvchi ISHIDdan ilhom olgan, ammo terrorchilik tashkiloti hujumni uyushtirishda unga yordam bermagan, dedi Patton.

    Soipovning hujumidan keyin ikki kun o‘tib, ISHID ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi, to‘g‘ri, dedi Patton, ammo guruh undan avval ham ular tomonidan amalga oshirilgani rasman tasdiqlanmagan hujumlar uchun ham javobgarlikni olgan.

    “U bu hujumdan qutulib, ISHID yoki boshqa tashkilot a’zosiga aylanishni ko‘zlamagan, — dedi Patton. — U o‘lishiga umid qilgan”.

    Advokatning aytishicha, hujum qilish chog‘ida Soipovning ISHID bilan qandaydir ahamiyatli tarzda bog‘liqligi bo‘lmagan. U uzoq masofalarga haydovchilik qilish chog‘ida yolg‘iz qolib, “ekstremistik kontentni iste’mol qilgan” va shu tariqa radikallashgan, dedi advokat.

    Pattonning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekistonda madaniy jihatdan musulmon sifatida tarbiyalangan, lekin jiddiy diniy ta’lim olmagan, uning oila a’zolari esa ISHID tarafdorlari emas.

    Soipov AQSHga O‘zbekistondan 2010-yilda kelgan va hujumga qadar Nyu-Jersida yashagan. Rasmiy shaxslarga ko‘ra, u rafiqasi va uch farzandi bilan yashab, Uber haydovchisi bo‘lib ishlagan.

    Ichki xavfsizlik vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, u AQSHga grin-karta orqali kelib, keyinroq qonuniy ravishda doimiy rezidentga aylangan.

    Mavzuga doir:

    • “Nega halok bo‘layotgan minglab musulmonlar uchun javobgarlarni sud qilmaysiz?”. Sayfullo Soipov sudda ko‘rsatma berdi
    • AQSh prokuraturasi Sayfullo Soipovga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llashni talab qilmoqchi
    • AQSh elchisi: Bitta terakt O‘zbekiston—AQSh aloqalarini izdan chiqara olmaydi

    16.01.2023, 12:02   Izoh (0)   21952
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erdo‘g‘on: “Kurdlar tufayli Turkiya va Shvetsiya o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashishi mumkin”

    16.01.2023, 11:21

    Rossiyani zudlik bilan to‘xtatish kerak — Polsha bosh vaziri

    16.01.2023, 10:27

    Anomal sovuq tufayli Issiqko‘l ko‘li muzlab qoldi (video)

    16.01.2023, 10:14

    Berlindagi bunkerga ko‘chib o‘tgan Gitler, sovet qo‘shinlaridan norozi bo‘lib o‘ziga o‘t qo‘ygan chexoslovakiyalik talaba va AQSHda manyakning qatl etilishi. Kun x...

    16.01.2023, 09:30

    NATO bosh kotibi yaqin orada Ukrainaga qo‘shimcha og‘ir qurollar topshirilishini e’lon qildi

    16.01.2023, 09:27

    Dneprdagi ko‘p qavatli uyga berilgan zarba tufayli, Zelenskiy rossiyaliklarga rus tilida murojaat qildi (video)

    16.01.2023, 09:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiya Germaniyani mag‘lub etib Millatlar Ligasi bronza medalini qo‘lga kiritdi

    Sport | 8 iyun, 22:38

    Fransiyada elektroskuter sabab yuzaga kelgan yong‘inda 4 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 8 iyun, 22:10

    Toshkent markazida “Salom, Mundial” supershousi bo‘lib o‘tadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:52

    Shimoliy Koreyada may oyida muvaffaqiyatsizlikka uchragan kema qayta suvga tushirildi

    Dunyo | 8 iyun, 21:45

    O‘zbekiston va Qatar o‘yini sabab Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakat cheklanadi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 21:20

    Rossiya va Ukraina askarlarning jasadi almashinuvi borasida ziddiyatga bormoqda

    Dunyo | 8 iyun, 21:10

    O‘zbekistonda fan uchun yangi o‘simlik turi kashf etildi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.