• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Berlindagi bunkerga ko‘chib o‘tgan Gitler, sovet qo‘shinlaridan norozi bo‘lib o‘ziga o‘t qo‘ygan chexoslovakiyalik talaba va AQSHda manyakning qatl etilishi. Kun xronologiyasida 16-yanvar

    16-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Berlindagi bunkerga ko‘chib o‘tgan Gitler, sovet qo‘shinlarining mamlakatga kiritilishiga norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan chexoslovakiyalik talaba hamda bolalarni o‘ldirib, ularni yegan amerikalik manyakka oid faktlar o‘rin olgan.

    Bunkerga ko‘chib o‘tgan Gitler

    1945-yil 16-yanvar kuni Adolf Gitler aviahujumlar xavfi sabab Berlinda maxsus qurilgan fyurerbunkerga ko‘chib o‘tgandi. Nemis fashizmi yetakchisi aynan shu yerda umrining so‘nggi kunlarini o‘tkazgan. Gitler bunkerda Yeva Braun bilan nikohdan o‘tgan, qol ostidagilar buyruqlar berib, o‘z joniga qasd qilgan. 2-may kuni sovet askarlarini natsistlar qarorgohini shturm bilan egallagan. Ammo ular faqatgina oddiy ishchilarni asirga olishga muvaffaq bo‘lgan — barcha muhim shaxslar vafot etib bo‘lgandi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Qizil armiyaning hujumi Uchinchi reyx yetakchisini rexskanselyariya sifatida jihozlangan fyurerbunkerga ko‘chib o‘tishga majbur qilgandi. 15-martga qadar Gitler uni ora-sira tark etib turgan bo‘lsa, oxirgi 1,5 oy davomida u yer ostidan chiqmagan.

    Bunkerning paydo bo‘lishi haqida Gitlerning telefonisti bo‘lgan va soqchisi vazifasini bajargan Roxush Mish o‘z memuarlarida yozib qoldirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mustahkam bunkerning qurilishiga SSSR tashqi ishlar vaziri Vyacheslav Molotovning 1940-yil 12—13-noyabr kuni Berlinga tashrifi sabab bo‘lgan. Yuqori martabali mehmon ketishidan oldin uning sharafiga xayrlashuv bazmi o‘tkazilgan.

    Banketdan keyin Molotov tashqariga chiqqan. Mish uni qarorgohga yo‘l oluvchi mashinaga qadar kuzatib qo‘ygan. “Mehmonxonaga qaytganimda havo trevogasi haqida ma’lumot oldim. Dushman samolyoti Berlinga kelayotgandi. Shunda elchi Valter Xevel birinchi bo‘lib tilga kirdi: ‘Samolyot shahar ustidan uchib, boshimizga bomba tashlasa, Molotovni nima qilamiz? Uning uchun yetarlicha xavfsiz joyimiz yo‘qku!’. O‘shanda Gitler mustahkam bunker qurish buyrug‘ini berdi. ‘Hali vaqti keladiki, nafaqat ‘Adlon’ mehmonxonasi, balki Germaniya davlatining rahbari ham o‘z mehmonlariga ishonchli boshpana taqdim etadi’, degan Gitler’, — eslaydi Mish.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Boshqa bir versiyaga ko‘ra, Gitler ishonchli boshpana qurish rejasini 1933-yilda natsistlar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin o‘ylay boshlagan. Bunkerning birinchi namunasi 1936-yili kanselyariya binosi ortidagi bayram tantanalari uchun mo‘ljallangan zalning yerto‘lasida qurilgan. Beton devorlar qalinligi 2,5 metrga yetgan. Keyinroq tom qismi yana bir metrga oshirilgan. Shift balandligi 3,1 metrni tashkil etgan. O‘sha davrdagi barcha yer osti boshpanalari kabi bunker germetik edi va zaharli gazlardan to‘liq himoyalangan. 1943-yilda birinchi majmua yonidan yangisi qurila boshlangan. Gitler ilk bor bunkerga 1944-yil 25-noyabrda tashrif buyurgan. Asosiy bunkerning qurilish ishlari 1945-yil boshida yakunlangan.

    “Yangi kanselyariya Gitlerning doimiy qarorgohiga aylangandi. Fashistik Germaniya rahbariyati Ikkinchi jahon urushi oldingi urushlardan farq qilishini tushunib yetganida, fyurer imperiya kanselyariyasi hududida o‘zi va atrofidagilar uchun mustahkam yerto‘la qurishga rozilik beradi. Ammo 1945-yillar boshiga kelib imperiya kanselyariyasi bog‘ida faqat Gitler uchun qurilgan bunker bitgandi. U sakkiz metrli temir-beton bilan qoplangan va uchta yer osti chiqish yo‘liga ega bo‘lgan: Tashqi ishlar vazirligi binosiga, imperiya kanselyariyasi va bog‘ga”, — deb yozgandi 5-armiya Harbiy kengashi a’zosi general-leytenant Fedor Bokov.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ushbu obyekt 4 metrli tashqi devorlar va yarim metrli ichki to‘siqqa ega edi. Yer osti binosining maydoni 250 kvadrat metrni tashkil etgan va 20 xonadan iborat bo‘lgan. Asosiy bunker maxsus o‘tish yo‘laklari va zinalar bilan birlashtirilgan. Yer osti binosining o‘n tomonidan majlislar uchun xona, qabulxona, kabinet, Gitler va Yeva Braunning yotoqxonasi, hojatxona va yuvinish xonasi bo‘lgan. Koridor oxirida Gibbelsning kabineti, fyurerning shaxsiy shifokori, sekretariat binosi, dizel-generatorli mashina zali bo‘lgan. Tan soqchilar koridorda yurishga majbur bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Gitler kuni bilan bunkerda o‘tirmagan. Mamlakat va frontdagi vaziyatni u oldingidek imperiya kanselyariyasidagi kabinetidan boshqargan, partiyalar hamda vermaxt rahbarlarini ham shu yerda qabul qilgan. Biroq xavf tug‘ilgan zahoti, masalan, havo hujumi boshlanishi bilan Gitler sheriklari va o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan birga zudlik bilan fyurerbunkerga tushib olgan. Bunker muntazam yashash uchun mos kelmasdi.

    1945-yil bahori boshlarida sovet qo‘shinlarining yaqinlashib kelishi vaziyatni o‘zgartirgan. 15-martdan keyin fyurer o‘z bunkerini faqat bir marta — 20-aprel kuni (56 yoshga to‘lganida) tark etgan. Shu kuni uning hayotiligidagi oxirgi suratga olish ishlari amalga oshirilgandi. 22-aprel kuni Gitlerning yoniga Yozef Gebbels oilasi bilan ko‘chib kelgan. Ularga to‘rtta xona ajratilgandi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Mish Gitler bilan oxirigacha qolgan. Bundan tashqari, 30-aprel kuni fyurer o‘z joniga qasd qilgani, Gibbelsning buyrug‘i bilan lavozimdan ozod etilganiga va bunkerni tark etishga ruxsat olganiga qaramay, qochishga shoshmagan. Faqat 2-mayga kelib SS obersharfyurer yashirinishga uringan, biroq bu muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Mish hamda uning sheriklari fyurerbunkerdan bir necha kilometr narida asirga olingandi.

    1947-yilda reyxskanselyariya binosi buzib tashlangan, fyurerbunkerga kirish yo‘llari portlatilgan. O‘nlab yillar davomida u konservatsiya holatida turgan. Gitlerning boshpanasi 1980-yil oxirida yangi turar joy kompleksi qurish maqsadida butunlab buzilgandi.

    Sovet qo‘shinlaridan norozi bo‘lib o‘ziga o‘t qo‘ygan chexoslovakiyalik talaba

    1969-yil 16-yanvar kuni Pragadagi Karlov universitetining falsafa fakulteti talabasi Sovet Ittifoqi va Varshava bitimining boshqa davlatlari qo‘shinlari Chexoslovakiyada bo‘lib turganiga norozilik bildirib, Vaslavskiy maydonida o‘ziga o‘t qo‘ygandi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    1968-yil avgustda Varshava bitimiga qo‘shilgan davlatlar “Praga bahori” nomi bilan nom qozongan islohotlarni to‘xtatish maqsadida Chexoslovakiyaga o‘z qo‘shinlarini kiritgan. Dubchek hokimiyati ag‘darilgan. Mamlakatda byurokratik reaksiya paydo bo‘lgan. Ommaviy hibsga olishlar va islohotlar tarafdorlarini ishdan bo‘shatishlar boshlangan. Senzura kuchaygan.

    Yan Palax mamlakatga nisbatan sodir etilgan bosqinchilikka norozilik bildirib Vaslavskiy maydonida o‘ziga o‘t qo‘ygan. Olov bir zumda yongan. Alanga ichida qolgan Palax bir necha qadam yugurib, yiqilgan va asfaltda dumalab ketgan. Atrofdagi odamlar unga yordam berishga kirishib, o‘z paltolari bilan yonayotgan yigitni o‘chirishga uringan.

    Palaxning portfelida o‘zining xatti-harakatini tushuntiruvchi maktub topilgan, shuningdek, bunday yo‘l bilan o‘zlarini qurbon qilgan holda Chexoslovakiyaga ishiga xorijiy davlatlarning harbiy aralashuviga qarshi norozilik bildirishga tayyor yoshlar tashkiloti mavjudligi ma’lum bo‘lgandi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    “U bizni letargiyadan uyg‘otishni, senzura va biz yashagan bema’nilikni yengib o‘tishni xohladi”, — degandi Palaxning kursdoshi Ivan Jijkov.

    Tanasining 85 foiz qismi kuyib ketgan Yan Karlov universiteti klinikasiga olib borilgan va oradan 3 soat o‘tgach u vafot etgan. Haykaltarosh talaba Olbram Zubek undan o‘lim oldi niqobini tushirib olgan. Palaxning 25-yanvarda o‘tkazilgan dafn marosimi norozilik namoyishlariga aylanib ketgandi.

    Talabaning o‘limi butun Chexoslovakiyani larzaga solgan. Uning dafn marosimiga minglab insonlar tashrif buyurgan, marosimning o‘zi Chexiyada sovet qo‘shinlarining kiritilishiga qarshi eng yirik norozilik aksiyalaridan biriga aylangan. Chexoslovakiya gazetalari ham chetda qarab turmagan. Bosqinchilik harakatlari bir necha oydan beri davom etayotganiga qaramay, matbuot qisman erkin edi. Jurnalistlar Palaxning ishini bong urib yoritgan va sovet qo‘shinlarining kiritilishini keskin qoralagan.

    Chexoslovakiya hukumati Yan Palaxning o‘ziga o‘t qo‘yish sabablarini yashirishga urinishgan. 20-yanvar kuni mamlakat Matbuot va axborot boshqramasi sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha faqat rasmiy xabarlarni chop etishni buyurgan. O‘shanda mamlakatdan ko‘plab xorijlik jurnalistlar chiqarib yuborilgan edi.

    Chexoslovakiya hukumati, shuningdek, Yan Palaxning o‘ziga o‘t qo‘yish sabablarini noto‘g‘ri talqin qilishga tushgan. Kommunistik partiya deputati Vilyem Noviy Palax o‘z joniga qasd qilish niyatida bo‘lmaganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, yigit qandaydir “sovuq olov”dan foydalanmoqchi bo‘lgan, biroq kimdir suyuqlikni benzinga almashtirib qo‘ygan. Besh kishi, jumladan, Yan Palax Vilyev Noviyni sha’n va qadr-qimmatini kamsitgani uchun sudga bergan. 1970-yilda sud Vilyem Noviyni aybsiz deb topgan va da’vogarlarga “sotsializm dushmanlari” tamg‘asi yopishtirilgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Rasmiy sovet hukumati ham yosh yigitning o‘z joniga qasd qilishida yuqoridagi versiyaga qo‘shilgan. Palaxning o‘limidan keyin 1969-yil aprelga qadar mamlakatda yana 26 kishi o‘ziga o‘t qo‘yish orqali norozilik bildirgan va yetti nafari halok bo‘lgan. Xususan, Yan Zayit ismli yigit ham xuddi o‘zi Vaslavskiy maydonida o‘z joniga qasd qilgandi.

    SSSRda mavjud bo‘lgan sensuzaga va tez orada uning Chexoslovakiyada ham o‘rnatilishiga qaramay, Yan Palax “ozodlik mash’alasi” va sovet bosqiniga qarshi kurashish ramziga aylangan.

    Amerikalik manyakning qo‘lga olinishi va qatl etilishi

    1936-yil 16-yanvar kuni AQSHda seriyalik qotil, odamxo‘r, uzoq yillar davomida qo‘lga tushmasdan amerikalik oilalarni qo‘rquvga solib kelgan Albert Fish qatl etilgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1910-yildan 1934-yilga qadar Albert Fish 8—17 yosh oralig‘ida besh nafar bolani zo‘rlab, ularni maydalab tashlagan. Norasmiy manbalarning ta’kidlashicha, qurbonlar soni yuzdan oshadi. Qonxo‘r qotil 1928-yilda bederak yo‘qolgan 10 yoshli qiz Greys Baddning onasi qotildan sirli maktub olganidan so‘ng ushlangan.

    Xemilton Fish 75 yoshli savdogar Randall Fish va 32 yoshli Ellen Fish oilasidagi kenja farzand bo‘lgan. U 1870-yili Vashingtonda dunyoga kelgan. Bolaning ota-onasi turli ruhiy kasalliklardan aziyat chekkani ma’lum. Bo‘lajak manyak besh yoshga to‘lganida uning otasi infarktdan vafot etgan. Ko‘p farzandli ona bolakayni bolalar uyiga berishga majbur bo‘ladi.

    Mahalliy bolalar Femiltonga turli laqablar qo‘yib, uni tahqirlab kelgan. Oradan bir necha yil o‘tgachgina Ellen Fish ishga joylashib, to‘qqiz yoshli o‘g‘lini uyiga olib ketishga muvaffaq bo‘ladi. Ammo bolalar uyida boshidan o‘tkazganlari “Kulrang arvoh”ning ruhiyatini butunlay o‘zgartirib yuborishga ulgurgandi.

    1890-yillar boshida Albert Fish Vashingtondan Nyu-Yorkkda ko‘chib o‘tgan. U sakkiz yil davomida voyaga yetmaganlarni zo‘rlab kelgan. Jabrlanuvchilar bu haqida politsiyaga murojaat qilmaslikni ma’qul ko‘rgan. Alamzada ona o‘g‘lini 19 yoshli Anna Meri Xoffmanga uylantirib qo‘ygan va u olti farzandni dunyoga keltirgan. 1903-yildan 1905-yilga qadar Albert o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgani uchun Sing-Sing qamoqxonasida jazo o‘tagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Albert Fish o‘zining birinchi qonli jinoyatini 1910-yilda sodir etgan. U Delaver shtatida yashovchi to‘qqiz yoshli Tomas Beddenni o‘ldirgandi. Oradan 9 yil o‘tgach, Jorjtaun politsiyasi Virginiya shtatida voyaga yetmagan aqli zaif yigitning jasadini topadi.

    1924-yil 11-iyul kuni manyak Staten-Aylendda ikkinchi urinishda Beatris Kil ismli fermerning qizini o‘g‘irlab ketib, o‘ldirgan. Navbatdagi jinoyat bir necha kundan keyin sodir etilgan. Yo‘qolgan sakkiz yoshli Frensis Makdonnelning do‘stlari ko‘rsatmalaridan politsiya manyakning belgilarini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Bolakaylar do‘sti ozg‘in erkak bilan ketganini bildirgan. Ushbu ma’lumotlar u vaqtdagi tergov uchun yetarli emasdi, shu boisdan ish oldinga siljimagan.

    58 yoshli Albert Fish taqdirida 1928-yil iyun hal qiluvchi vaziyatga aylangan. Kannibal mahalliy gazetalardan birida Edvard Badd ismli erkak qishloq hududida ish izlayotganini yozgandi. Albert ish beruvchi sifatida belgilangan mazilga borib, Baddning oila a’zolari ishonchiga kirgan va 10 yoshli Greysning ota-onasini o‘zi bilan jiyanining tug‘ilgan kuniga borishga ko‘ndirgan. Oila shundan keyin farzandini qayta ko‘rmagan. Ota-ona tomonidan jinoyatchining tashqi ko‘rinishi bo‘yicha bergan ma’lumotlari tergovni olib borishga yetarli emasdi.

    Albert Fish oxirgi isbotlangan jinoyatini 1927-yil 11-fevralda sodir etgan. Bu safar Billi Gaffni kannibalning qurboniga aylangandi. Yo‘qolgan bolaning do‘sti Billi Bilton politsiyaga uning kim bilan ketganini aytib bergan. Keyinchalik Bruklindagi tramvay xodimi Jozef Mixan jinoyatchi va qurbonni ko‘rganini bildirgan. Bolaning jasadi baribir topilmagan. Jinoyat tafsilotlari 1934-yili Albert Fish hibsga olinganidan keyin ma’lum bo‘lgan. Kannibal qamoqdaligida o‘z advokatiga maktub yozib, unda bolakayni qanday o‘ldirgani va keyin uni yeganini batafsil yozgandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Albert Fish qo‘lga olinishidan biroz oldin, 1934-yil noyabrida Deliya Badd noma’lum insondan bedarak yo‘qolgan qizi Greys haqida maktub oladi. Manyak ayolga Greysni o‘g‘irlab ketgani haqida yozgandi. Xatning originali politsiya uchastkasiga olib borilgan va u tergovchi Uilyam Kingning qo‘liga yetib borgan. Politsiyachi Nyu-York konvertidagi xususiy haydovchilar xayriya assotsiatsiyasining emblemasiga e’tibor qaratgan. Bino egasi bilan suhbatda u yerda mo‘ylovlariga oq tushgan erkak yashagani ma’lum bo‘lgan. King gumonlanuvchi bilan shaxsan tanishishga qaror qilgan. Uchrashuv fojia bilan yakunlanishiga bir bahya qolgan, manyak tergovchiga pichoq bilan tashlangan, biroq xodim uni qo‘lga olib, idoraga olib kelgan.

    1935-yil 21-mart kuni kannibal o‘lim jazosiga hukm etilgan. Fish o‘z tanasiga o‘nlab ignalarni sanchgani uchun elektr stulida jinoyatchining tanasi orqali tok o‘tkazishning imkoni bo‘lmagan. Ikkinchi urinishda barchasi uddalangan va manyak o‘ldirilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: “Gudzon mo‘jizasi” — daryoga muvaffaqiyatli qo‘ngan samolyot, Pentagon binosining foydalanishga topshirilishi va Rossiya oliy hukmdori admiral Kolchakning hibsga olinishi. Kun xronologiyasida 15-yanvar

    16.01.2023, 09:30   Izoh (0)   74833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NATO bosh kotibi yaqin orada Ukrainaga qo‘shimcha og‘ir qurollar topshirilishini e’lon qildi

    16.01.2023, 09:27

    Dneprdagi ko‘p qavatli uyga berilgan zarba tufayli, Zelenskiy rossiyaliklarga rus tilida murojaat qildi (video)

    16.01.2023, 09:23

    Nepaldagi aviahalokatda tirik qolganlar haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi

    16.01.2023, 09:05

    O‘zbekiston Britaniya sayyohlik nashriyoti tomonidan 2023-yilda tashrif buyurishga tavsiya etilgan yagona Markaziy Osiyo davlati bo‘ldi

    16.01.2023, 08:05

    Odamlar Oyda yashay oladimi? Amerikalik astrofizik buning ehtimolini baholadi

    16.01.2023, 00:55

    “Angarlik manyak”: Rossiyada 80 dan ortiq ayolni o‘ldirgan mahbus Ukrainadagi urushga bormoqchi

    16.01.2023, 00:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning savdo urushlari jahon biznesiga 34 mlrd dollardan ortiq zarar keltirdi

    Dunyo | 30 may, 19:10

    Anjelina Joli sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pittdan yarashishni iltimos qilmoqda

    Layfstayl | 30 may, 18:55

    Toshkentda parvoz vaqti styuardessaga tegajog‘lik qilgan erkakka chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 18:45

    Rossiyalik deputat o‘zbeklarning Sibirdagi tarixiy yerlariga bo‘lgan haqqini tan oldi

    Dunyo | 30 may, 18:37

    Britaniyalik ayol aqlli tish cho‘tkasi yordamida erining xiyonatini fosh qildi

    Layfstayl | 30 may, 18:20

    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

    Reklama | 30 may, 16:30

    Mashhur film va seriallardagi eng esda qolarli to‘y sahnalari

    Layfstayl | 30 may, 17:59

    Turkmaniston Moskvaga parvozlarni to‘xtatdi

    Dunyo | 30 may, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.