Yaponiyaning Peace Winds Japan va Japan Platform nodavlat notijorat tashkilotlari Ukrainaning urushdan eng ko‘p jabr ko‘rgan hududlariga 1 million dollarlik tibbiy dorilar sovg‘a qildi. Bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, dorilar Ukrainaning 29 ta kasalxonasiga taqsimlangan. Dori-darmonlar Chernigov, Sumi, Xarkov, Lugansk, Donetsk, Zaporojye, Kiyev viloyatlari va Kiyev shahridagi tibbiyot muassasalariga yetkazilgan.“Peace Winds Japan — urush zonasida qolib ketgan odamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan nodavlat tashkilot. Tashkilot dunyoning harbiy harakatlar va qurolli to‘qnashuvlarga duch kelayotgan 33 mintaqasida faoliyat yuritadi. Peace Winds Japan butun dunyo bo‘ylab favqulodda gumanitar yordam ko‘rsatish, rekonstruksiya va rivojlantirishda ishtirok etadi”, — deyiladi bayonotda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi urush boshlanganidan beri Ukraina kasalxonalariga 1,1 million donadan va 90 turdan ortiq dori vositalari kelib tushganini eslatdi.
Izoh (0)