“Tolibon” Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida g‘o‘zallik salonlari faoliyatini taqiqladi. Bu haqda Etilaatroz xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, salon egalariga faoliyatlarini butunlay to‘xtatish uchun 10 kun muhlat bergan. Tadbirkorlar salon hududini ijaraga berishni rejalashtirgan. Bag‘londagi taniqli “Tolibon” qo‘mondoni shaxsiy uylarda ishlaydigan sartaroshlarga ularning faoliyati maqbul bo‘lishini aytgan.
Go‘zallik salonlarining aksariyati taqiqdan so‘ng faoliyatini to‘xtatgan. Bungacha “Tolibon” ayollar uchun hammomlar faoliyatini bekor qilgan. Ayollarning istirohat bog‘lariga borishi ham taqiqlangan. Ayol va qizlarning ishlashi hamda ta’lim olishi ham “Tolibon” tomonidan cheklangan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)