Daryo

Armaniston o‘z hududida KXSHT harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishdan bosh tortdi

Armaniston Mudofaa vazirligi “bunday vaziyatda” KXSHT mashg‘ulotlarini mamlakat hududida o‘tkazishni maqsadga muvofiq emas, deb topgan

1 daqiqa o‘qish24 214 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: KXSHT

Armaniston Mudofaa vazirligi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining 2023-yilgi o‘quv mashg‘ulotlarini mamlakat hududida o‘tkazishni maqsadga muvofiq emas, deb topdi va tashkilotni qaroridan xabardor qildi. Bu haqda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga tayanib, Meduza xabar berdi.

Foto: KXSHT

“Armaniston mudofaa vaziri allaqachon yozma ravishda KXSHTdagi hamkasblariga bunday vaziyatda biz KXSHT mashg‘ulotlarini Armanistonda o‘tkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblamasligimiz haqida ma’lum qilgan. Bu mashg‘ulotlar, katta ehtimol bilan bu yil Armanistonda o‘tkazilmaydi”, — dedi bosh vazir.

“Bunday vaziyat” deganda nimani nazarda tutayotganiga Pashinyan izoh bermagan.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi KXSHT tinchlikparvar kontingentlarining “Mustahkam birodarlik – 2023” qo‘shma mashg‘ulotlari Armaniston hududida o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Vazirlik hali Pashinyanning bayonotiga izoh bermadi.

2022-yilning sentabr oyida Armaniston Ozarbayjon bilan chegarasidagi notinchlik tufayli Qozog‘istonda o‘tkazilayotgan KXSHT mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan bosh tortgandi.

 Oktabr oyida Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi KXSHT tinchlikparvar kuchlari bilan “Mustahkam birodarlik – 2022” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini bekor qilgandi. O‘quv mashg‘ulotlari 10—14-oktabr kunlari Issiqko‘l viloyatining Baliqchi shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Respublika KXSHT mashg‘ulotlarining bekor qilinishiga Tojikiston bilan ziddiyatni sabab qilib keltirdi.

Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar