Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 6-yanvar kuni Ukraina va Polsha bilan chegaradosh Brest viloyatidagi Obuz-Lesnovskiy poligoniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya bo‘linmalaridan biri ushbu poligonda joylashgan. “Lukashenko poligonda Rossiya qurolli kuchlari harbiy qismlari va bo‘linmalarining joylashuvi bilan tanishdi, askarlar va ofitserlar bilan suhbatlashdi”, — deyiladi xabarda.
Lukashenko, shuningdek, rossiyalik ofitserning Rossiya—Belarus kuchlari bo‘linmalari haqidagi hisobotini tingladi.
“Biz umumiy ish qilyapmiz. Hozirgi bosqichda Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalari belgilangan vazifalarni bajarishga tayyor. Kadrlar tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishda ko‘rsatgan yordamingiz uchun shaxsan sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman”, — dedi Lukashenko rossiyalik ofitserning hisobotini tinglagandan keyin.
Prezident rossiyalik askarlarning Belarusdaligi mamlakat uchun ham foydali ekani, ular tajriba almashishda yordam berishini aytdi. Belarus prezidenti askar va ofitserlar bilan suhbatlashib, bo‘linmalar joylashgan joy bilan tanishdi. Rossiyalik askarlarga alohida birinchi tibbiy yordam to‘plamlari tarqatildi, Lukashenko ular ancha qulay ekanini ta’kidladi.
Mavzuga doir:
- Belarusga Rossiyadan yangi kuchlar yetib keld
- Belarusning Ukraina bilan chegarasida Rossiya 10 mingga yaqin harbiy yig‘gani aytilmoqda
- Belarusda 3 kishi Rossiya texnikasining Ukrainaga olib o‘tilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida temiryo‘lda qo‘poruvchilik qilgani uchun 20 yildan ortiq muddatga qamaldi
Izoh (0)