Daryo

O‘zbekiston armiyasi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 62-o‘rinni egalladi

Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston armiyasi yuqori o‘rinni qayd etgan

1 daqiqa o‘qish119 193 ko‘rishlar0 izoh0
Infografika:

O‘zbekiston armiyasi 2023-yilgi dunyodagi eng kuchli armiyalar reytingida 145 davlat orasida 62-o‘rinni egalladi. Tegishli reyting Global Firepower xalqaro kompaniyasi tomonidan e’lon qilindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Reytingda kuchli o‘ntalikni AQSH, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Pokiston, Yaponiya, Fransiya va Italiya egalladi. Reyting PwrIndx — kuch indeksi bo‘yicha tuzilgan, u qanchalik past bo‘lsa, mamlakat shunchalik kuchli armiyaga ega bo‘ladi. Hozircha hech bir davlat 0,0000 harbiy kuchning maksimal ko‘rsatkichiga erishmagan. O‘zbekiston 1.0692 indeksini olgan.

Markaziy Osiyo davlatlari harbiy qudrati bo‘yicha quyidagi o‘rinlarni olgan:
  1. O‘zbekiston — 62-o‘rin (1.0692 indeks)
  2. Qozog‘iston — 63-o‘rin (1.0873 indeks)
  3. Turkmaniston — 82-o‘rin (1.5986 indeks)
  4. Qirg‘iziston — 107-o‘rin (2.1073 indeks)
  5. Afg‘oniston — 114-o‘rin (2.3118 indeks)
  6. Tojikiston — 120-o‘rin (2.6403 indeks)
Global Firepower reytingini tuzuvchilar ro‘yxatga kiritilgan mamlakatlar armiyalarining tank, samolyot, harbiy kema va boshqalar soni haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim etadi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmatni o‘tashga yaroqli inson resurslarining umumiy soni 13,5 million kishini tashkil qiladi. Har yili harbiy chaqiruv 622 ming kishiga to‘ldirilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston qurolli kuchlarida 65 ming kishi xizmat qilmoqda.
Infografika: Global Firepower

O‘zbekiston havo kuchlari tarkibidagi samolyotlarning umumiy soni 197 ta: 58 ta qiruvchi samolyot, 20 ta hujumchi samolyot, 13 ta harbiy transport samolyoti, 7 ta o‘quv samolyoti, 99 ta vertolyot va 33 ta harbiy vertolyot. Shuningdek, armiyada 420 ta tank, 197 ta o‘ziyurar artilleriya moslamasi va 143 ta ko‘p raketa tizimi mavjud.

Infografika: Global Firepower
Infografika: Global Firepower

Ma’lumot uchun Global Firepower’ning 2022-reytingida O‘zbekiston armiyasi 54-o‘rinni olgandi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar