Rossiya bosib olingan hududlarni saqlab qolish uchun Qrim shimoliga yangi harbiy qismlar joylashtirmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi xabar berdi.
Ukraina razvedkasi boshqarmasi vakili Andrey Chernyakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qrim yo‘nalishidagi quruqlik yo‘lagini saqlab qolish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshirmoqda.
“Rossiyaning Azov dengizi sohilidagi Donetsk viloyatini egallash g‘oyasi ham aynan shundan iborat. Ularning rejasiga Ukrainani Qora dengizdan uzib qo‘yish ham kiritilgandi. Ammo Rossiya Ukrainada hech qanday rejalarini amalga oshira olmadi. Xorijiy hamkorlarimiz bizga yangi turdagi qurollar yetkazib berayotganini hisobga olsak, Qrimga quruqlik yo‘lagi deb ataladigan yo‘l, albatta, xavfsiz emas. Ukraina bosib olingan hududda ruslarning hamma pozitsiyalariga zarba beradi”, — dedi Chernyak.
U Rossiya harbiylari Qrim shimolida yangi harbiy qismlarni to‘playotganini qo‘shimcha qildi. Rossiya vaqtincha bosib olingan yarim orolning shimolida ham, vaqtincha bosib olingan Xerson viloyatida ham mudofaa inshootlarini qurishda davom etmoqa.
“Rossiya yutqazmoqda, shuning uchun bu liniyalarda harbiy amaliyotlar o‘tkazishga majbur bo’lishlarini anglab, imkoni boricha himoya tuzilmalarini yaratmoqdalar”, — deya xulosa qildi Andrey Chernyak.
Mavzuga doir: Rossiya Qrimga yadroviy qurol tashuvchilarini joylashtirdi — Ukraina razvedkasi
Izoh (0)