Davlat rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishini Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov olib bordi.
Qayd etilishicha, Oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari AQSH, Koreya, Germaniya va Rossiya standartlari asosida qayta ko‘rib chiqiladi.
Tibbiyotda yetakchi bo‘lgan xorijiy universitetlar darslik va ilmiy ishlari asosida o‘zbek va qoraqalpoq tillarida yangi avlod adabiyotlari yaratiladi.
“Talabalarni nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha ikki bosqichli yangi tizim joriy etiladi”, — deydi SSV vaziri.
Izoh (0)