• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “QQSning pasayishi mahsulotlar narxi arzonlashishiga sharoit yaratadi” – iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbat

    Iqtisodiy tahlilchi, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov “Daryo” nashriga bergan intervyusida soliq tizimidagi o‘zgarishlar, tashqi savdo, yashirin iqtisodiyotni bartaraf etish masalalarida tahliliy fikrlarini bildirdi.

    Abdulla Abduqodirov

    Abdulla Abduqodirov
    Foto: “Daryo”

    2023-yilda soliq tizimidagi qaysi o‘zgarishlar tadbirkorlar uchun yaxshi bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

    Shubhasiz, qo‘shilgan qiymat solig‘ining 15 foizdan 12 foizga tushirilishi eng muhim yangilik. Soliqning bu darajada pasaytirilishi tadbirkorlar mahsulotlarining arzonlashishi va unga bo‘lgan talabning o‘sib borishiga sharoit yaratib beradi. Sir emaski, aylanma soliqlar bugungi kunda mahsulot narxini belgilab beruvchi asosiy omillardan biriga aylangan va bu, o‘z navbatida, ishlab chiqarish stimullarining pasayishiga olib kelgan.

    Ikkinchi katta yangilik – hududlarni beshta asosiy zonalarga ajratib, har biri uchun alohida mahalliy soliqlar rejimini kiritish tashabbusi. Bu texnik jihatdan amalga oshirilishi ancha murakkab bo‘lgan masala. Chunki tadbirkorlar juda ko‘p hollarda bir hududda ro‘yxatdan o‘tib, asl faoliyatini butunlay boshqa hududda yuritadi. Bundan tashqari, amalda yonma-yon joylashgan va ishlash faoliyatida deyarli farqi bo‘lmagan korxonalar ikki xil soliq rejimiga tushib qolishi va natijada korxonalar o‘rtasida “soliq migratsiyasi” boshlanishi mumkin. Lekin hududlarning rivojlanish potensialini oshirishga qaratilgan bu tashabbus, agar men ko‘rsatgan va bir qancha boshqa texnik muammolar yechilsa, joylarda tadbirkorlarni jalb qilishda raqobat kuchayishi va har bir rahbar (hokim) tadbirkorga maksimal qulay sharoit yaratib berish dardida bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu, albatta, juda pozitiv hol.

    Daromad solig‘i va mulk soliqlarini hisoblash va to‘lashda bir qancha muhim o‘zgarishlar bor. Ammo ular haqida 2023-yil budjetining ijrosi haqida rasmiy hujjatlar chiqqandan so‘ng gapirganimiz ma’qul.

    2023-yil yanvardan qo‘shilgan qiymat solig‘i 12 foizga pasaytirildi. Bu tadbirkorlar uchun qay darajada foyda beradi? Bizda QQS necha foiz bo‘lsa normal hisoblanadi?

    Qo‘shilgan qiymat solig‘ining 3 foizga tushishi har qanday mahsulot narxining 1,8 foizga pasayishiga to‘la sharoit yaratib beradi. Bu aynan shu mahsulot turlariga nisbatan to‘lov qobiliyatiga bo‘lgan talabni kamida 1,2 – 1,5 foizga oshirish bilan barobar.

    QQS tushishi hisobiga narxni tushirmagan tadbirkor ko‘proq foyda olishi mumkin va bu o‘z navbatida, korxonaning investitsion qudrati va investorlar uchun jozibadorligi o‘sishiga olib keladi.

    Aslida optimal QQS darajasi degan tushuncha yo‘q. Har qanday soliq turining darajasi bir necha yillar davomida empirik tajriba va tahlil yo‘li bilan aniqlanadi.

    Yaqin kunlargacha tajribamdan kelib chiqqan holda shuni aytishim kerakki, kichik tadbirkor uchun maksimal soliq to‘lash roziligi chegarasi aylanmadan 8-10 foizni, yirik tadbirkorlar uchun 23-25 foizni tashkil etadi.

    Afsuski, bizda soliq to‘lashga rozilik chegarasi degan ko‘rsatkich amalda mavjud emas va bu sohada hech kim izlanishlar olib bormaydi. Aslida 8-10 foiz tadbirkor tomonidan “men davlatga umumiy foydamning shuncha qismini soliq sifatida berishga roziman va evaziga tinchlik, osoyishtalikdan boshqa narsani davlatdan talab qilmayman”, – degan deklaratsiya bo‘lishi kerak.

    Soliqlar miqdori va hajmi doimo jamiyatda davlat tomonidan ana shu soliqlar evaziga bajariladigan ijtimoiy xizmatlar ko‘lami va hajmi bilan taqqoslantirilishi kerak. Biz – davlat organlari aholiga, tadbirkorlarga to‘langan soliqlar qaysi maqsadlarda va aynan nima uchun ishlatilayotgani haqida hisobotlar berib borishimiz lozim. Agar aholidan soliqlarni to‘lashni qattiq talab qilsag-u, ikkinchi tomondan to‘plangan soliqlarning katta qismini turli ishlab chiqarish, xizmat va taqsimot sohasidagi monopolistlarning qaysarliklarini qondirishga sarflasak, bu soliq to‘lovchida adolat hissiyotini uyg‘otmaydi.

    O‘zbekiston uchun tashqi savdoni rivojlantirish kun tartibidagi masalalardan. Bugun Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlarimiz qanaqa? Prezident Shavkat Mirziyoyev yaqinda Fransiyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Umuman olganda, tashqi savdo hajmini qay tarzda oshirish samarali?

    Tashqi savdoni rivojlantirish uchun bizda bir nechta to‘siqlar bor:

    • Avvalo, O‘zbekiston Yevrosiyo qit’asining markazida joylashgan va dengizlardan uzoq. Aynan shuning uchun bizda xalqaro kooperatsiya tannarxi va logistika xarajatlari doim yuqori bo‘ladi. Demak, mantiqiy jihatdan asosiy e’tiborni ko‘proq Markaziy Osiyo doirasidagi tashqi savdoga qaratishimiz va qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-investitsion aloqalarni har tomonlama rivojlantirishimiz kerak;
    • Bizda turli mamlakatlar tan olgan mahsulot va xizmatlar sifatini sertifikatsiyalovchi laboratoriyalar juda kam. Shuning uchun mahsulot sifatini sertifikatsiya qilish masalasida ko‘pgina chet ellik laboratoriyalar va sifat markazlari faoliyatiga tayanishga majburmiz. Vaqtincha yechim sifatida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari uchun asosiy savdo hamkorlarimiz bo‘lgan davlatlarning sifat laboratoriyalari sertifikatlarini tan olishimiz mumkin (bu masala ko‘p ko‘tarilgan va hanuzgacha uzul-kesil hal qilinmagan);
    • Biz Yevropa Ittifoqi bilan savdo-hamkorlik aloqalarini 1996-yildan beri uzluksiz rivojlantirib kelayotgan bo‘lsak, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish haqidagi muzokaralar endigina – 2023-yilda o‘zining mantiqiy natijasiga yetishi kutilmoqda.

    Albatta, oxirgi ikki yilda O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirishning qonuniy-shartnomaviy asoslarini ta’minlash borasida ko‘pgina ishlar qilindi. 2021-yil iyul oyida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan strategik hamkorlik shartnomasining asosiy mazmuni bo‘lgan GSP+ shartnomasiga imzo chekdi. Natijada O‘zbekiston tomonidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga potensial ravishda eksport qilinadigan mahsulotlarning 2/3 qismidan turli import boj va to‘lovlar olib tashlandi.

    Oradan bir yil o‘tib, 2022-yilning oktabr oyida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi yangi “Kengaytirilgan partnyorlik va hamkorlik shartnomasi”ga (KPHSH) imzo chekdi. Bu shartnoma endi O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga tovarlar va xizmatlar eksporti oldida turgan barcha soliq va boj to‘lovlari kabi to‘siqlarni umuman olib tashladi.

    Yevropa Ittifoqi biz uchun to‘lov qobiliyati katta bo‘lgan eng muhim savdo sherigimizdir. 2016-yilda YI bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib 56,4 foizga o‘sdi va 3,9 milliard dollarga yetdi. Eksport esa 39,2 foizga o‘sib, 400,7 million dollardan 557,7 million dollarga, import 59,7 foizga o‘sib, 2,1 milliard dollardan 3,3 milliard dollarga yetdi.

    2022-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga o‘sdi va 3,1 milliard dollarni tashkil etdi. Eksport esa 68,1 foizga sezilarli o‘sdi va 619,9 million dollarni tashkil etdi, import ham 5,8 foizga oshib, 2,5 milliard dollarni tashkil etdi.

    Davlat rahbarining Fransiyaga rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasida savdo-investitsiya munosabatlarini yanada rivojlantirishga katta turtki berdi. Fransiya bilan nafaqat infrasturktura loyihalari, balki O‘zbekiston fuqarolari aviatsiyasi qudratini oshirish bo‘yicha bir qancha muhim shartnomalar imzolandi.

    Har qanday mamlakat bilan savdo hajmini oshirish uchun eng avvalo, investitsiyalarni himoya qilish, ikki marotaba soliqqa tortishni oldini olish, tarif va notarif xarakteriga ega savdoni cheklash mexanizmlari borasida turli mamlakatlaro shartnomalarga imzo chekilishi muhim. Shundan so‘nggina aynan tadbirkorlar ana shu ochilgan keng imkoniyatlardan foydalana boshlaydi. Demak, tashqi savdoni rivojlantirish barcha ishtirokchi mamlakatlarning umumiy ishlab chiqarish quvvatlarini oshishi va mahsulotlarning raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi.

    Davlat 2022-yilda yashirin iqtisodiyotga qarshi qay darajada kurashdi deb o‘ylaysiz? Bu muammoga barham berish uchun nimalarga e’tibor berish zarur?

    Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish har bir mamlakat oldida turgan eng katta muammolardan biri. Afsuski, bizda uzoq yillar davomida bu masalani hal qilish yo‘li ko‘proq tadbirkorlarga qarshi kurashish va ularning oddiy tadbirkorlik faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish va faoliyatini chigallashtirish yo‘lidan borildi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga va O‘zbekiston xalqiga murojaatida aynan shu muammoga juda katta e’tibor qaratdi. Biz endi ko‘proq tadbirkorlarning nima uchun o‘z daromadlarini yashirish yo‘liga o‘tgani sabablarini aniqlash va mazkur sabablarni umumdavlat siyosati darajasida birma-bir yo‘qotish yo‘lidan boramiz.

    Yashirin iqtisodning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin va bunga bizning iqtisodiyotda bir necha hal qiluvchi omillar bor:

    • Bizda transaksiya xarajatlari, ya’ni mulkning, pulning bir iqtisodiyot agenti tasarrufidan ikkinchisiga o‘tishi jarayonidagi xarajatlar juda yuqori. Bu bank komissiyalari va qoidalari, yuridik, notarial, sug‘urta, mulkni baholash xarajatlari va hokazolar bo‘lishi mumkin. Bankka pul kiritish va undan qayta olish bir necha to‘siqlardan o‘tishni talab qiladi. Bankdan kredit olish esa bugungi kunda deyarli hal qilib bo‘lmaydigan katta bir muammo va o‘ta xarajatli jarayon;
    • Soliqlar hajmi va strukturasi o‘z pulini tikkan tadbirkorning umidlarini butunday oqlamaydi;
    • Pul oqimlari ustidan o‘rnatilgan davlat nazorati barchani avvaldan (apriori) qonunbuzar darajasida talqin qilishga juda yaqin jarayondir.

    Umuman olganda, sabablar xilma-xil. Demak, har bir jarayonga tipik bir holat deb qaralishi va unga “o‘z qolipi bilan bichilgan yechim” (tailor made) topilishi kerak. Bugungi kunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa bir necha agentliklar ishchi guruhlari tuzilgan. Bu guruhlar faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berib boramiz.

    Islombek Umaraliyev suhbatlashdi

    04.01.2023, 19:58   Izoh (0)   10566
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tovuq go‘shtida gormon bormi? Mutaxassis tushuntirish berdi

    04.01.2023, 19:40

    Andijonda o‘quvchilar Spark’da avariyaga uchradi (video)

    04.01.2023, 19:06

    Quramax tomonidan O‘zbekistonga olib kirilgan barcha dorilar sotuvi to‘xtatildi

    04.01.2023, 17:43

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    04.01.2023, 17:21

    O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

    04.01.2023, 17:08

    O‘zbekistonning qator hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

    04.01.2023, 16:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi maktabda bolani urgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilib, yana ishga tiklandi

    O‘zbekiston | 17 may, 14:13

    Olimlar musiqa yordamida ozishning yangi usulini kashf etdi

    Maslahatlar | 17 may, 13:40

    Yaqin yillarda sun’iy intellekt egallashi mumkin bo‘lgan 10 ta kasb

    Layfstayl | 17 may, 12:45

    Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 17 may, 12:43

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 12:15

    Qonni suyultirish nimaga kerak va u qachon zararli bo‘lishi mumkin?

    Salomatlik | 17 may, 11:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.