Davlat rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishini Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov olib bordi.
SSV vazirining aytishicha, malaka toifasini berishda inson omili aralashmaydigan, shaffof, 3 bosqichli yangi tizim joriy etiladi.
Ta’lim yo‘nalishidagi byurokratik to‘siqlarga barham beriladi. Jumladan, metodik qo‘llanmalar, monografiyalar, uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy ishlarga xulosalar berishni vazirlik tomonidan tasdiqlash tizimi bekor qilinib, barcha vakolatlar endilikda OTMlar va ixtisoslashtirilgan markazlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, 2023-yil 1-apreldan boshlab, malaka toifasi olish bo‘yicha taqdim etiladigan hujjatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali faqat elektron shaklda qabul qilish tartibi joriy etiladi.
Malaka toifa sertifikatlari QR kod qo‘yilgan holda elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
“Keyingi yildan boshlab farmatsevtika va tibbiyot xodimlari faoliyatini bosqichma-bosqich litsenziyalashga o‘tamiz”, — deydi Amrillo Inoyatov.
Izoh (0)