Davlat rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hay’at yig‘ilishini Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov olib bordi.
Unda ta’kidlanishicha, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi. Bunda tug‘uruq komplekslarini ta’mirlash, zarur uskunalar bilan jihozlash va tug‘uruq o‘rinlari sonini mavjud 11 mingtadan 15 mingtaga yoki 35 foizga ko‘paytirish ko‘zda tutiladi.
46 ta tumanlararo perinatal markazini jihozlashga 5,2 million dollar yo‘naltiriladi.
Kelgusi yilda bolalarning ham aqliy, ham jismoniy, ratsional va sog‘lom rivojlanishi, ayollarda kamqonlik va tug‘ma nuqsonlarning oldini olish maqsadida bolalarni hamda o‘smir qiz va homilador ayollarni vitamin va dori vositalari bilan bepul ta’minlashga 145 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Eshitish qobiliyati past bo‘lgan 250 nafar bolalarga koxlear implant o‘rnatiladi.
Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolalarni davolash uchun 120 milliard so‘mlik dori vositalari yetkazib beriladi.
Izoh (0)