Janubiy Koreyaning Gvachxon shahridagi avtomagistralda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb yozmoqda Sinxua agentligi. Hodisa oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari 37 kishi jarohat olgan, ulardan 20 nafardan ortig‘i gazdan zaharlanish bilan kasalxonaga jo‘natilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. Voqea joyiga 50 ga yaqin o‘t o‘chirish mashinasi va texnikasi, shuningdek, 140 ga yaqin o‘t o‘chiruvchilar jo‘natilgan.
28-dekabr kuni Xitoyda quyuq tuman tufayli 200 dan ortiq avtomobil to‘qnashib ketgandi, kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)