Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijondan perevalgacha bo‘lgan yo‘nalishda barcha metan zapravkalar yopiq” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlar yuzasidan Energetika vazirligi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 5-avgust kuni soat 09:30 dan 11:14 ga qadar Pop tumanidagi 4 ta metan zapravkani elektr energiyasi bilan taʼminlovchi elektr uzatish tarmog‘ida rejali taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. Shu vaqt mobaynida qisqa fursatga 4 ta avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi faoliyati to‘xtagan.
Taʼmirlash ishlari belgilangan tartibda shoxobchalar bilan kelishilgan holda amalga oshirilgani taʼkidlandi.
“Ayni paytda vodiydan Toshkentgacha bo‘lgan yo‘nalishdagi barcha metan zapravkalar to‘liq quvvatda va uzluksiz faoliyat ko‘rsatmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Izoh (0)