Afg‘onistonning Samangon viloyatidagi diniy maktabda 29-noyabr kuni portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash manbalariga ko‘ra, hodisa oqibatida 35 kishi halok bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan. Ular Samangon viloyat kasalxonasiga yotqizilgan. “Tolibon” harakati hozircha portlash haqda ma’lumot bermagan. Viloyati kasalxonasidagi manbalar portlash qurbonlarining aksariyati maktab o‘quvchilari ekanini aytmoqda.
Ta’kidlanishicha, “Tolibon” voqea joyini to‘sib qo‘ygan va hech kimga suratga olishga ruxsat bermagan. Portlash bo‘lgan hududdan jasadlarni olib chiqish jarayoni davom etmoqda. Portlashning mohiyati hozircha noma’lum, hech bir guruh hodisa uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Afg‘onistonda portlash tez-tez sodir bo‘ladi, asosan juma namozi paytida masjidlar hujumga uchraydi. Sentabr oyida Kobuldagi ta’lim markazi imtihon vaqtida portlatilgandi, oqibatda 32 kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)