Daryo

Hindistonda “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan kompaniyaga qarshi ish ochildi

O‘zbekiston hukumatidan ushbu dori oqibatida vafot etgan bolalar haqida hisobot so‘ralgan

1 daqiqa o‘qish23 380 ko‘rishlar0 izoh0

Hindiston hukumati “Dok-1 Maks” dorisini ishlab chiqargan Marion Biotech kompaniyasiga qarshi surishtiruv boshladi, deb xabar bermoqda Reuters. Kompaniya ushbu siropni ichlab chiqarishni to‘xtatgan.

Surishtiruv Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi preparatlarni litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Ular O‘zbekiston hukumatidan ham ushbu dori oqibatida vafot etgan bolalar haqida hisobot so‘ragan.

Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish ortidan hozircha Samarqandda 18 nafar, Toshkent va Qashqadaryoda bir nafardan, jami 20 nafar bola vafot etgani ma’lum.

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Dok-1 Maks” preparati bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Jamoatchilikni “Dok-1 Maks” balosidan ogohlantirgan bosh shifokor ishdan olingani aytilmoqda. Mas’ul buni tasdiqlab, “sababi boshqa” demoqda

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar