O‘zbekistonda 20 nafar bola “Dok-1 Maks” siropi qabul qilishi ortidan o‘lgani sababli Hindistonning Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi uni ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Bu haqda ANI news xabar berdi.
Kompaniya rahbari Hasan Rizo “Dok-1 Maks” siroplarini ishlab chiqarish to‘xtatilganini ta’kidlab, bu bo‘yicha tergov olib borilayotganini aytdi.
“Vafot etganlar uchun afsusdamiz, hukumat tergov olib bormoqda. Uning natijalaridan kelib chiqib, tegishli choralarni ko‘ramiz. Namunalar olindi. Bu mahsulotni ishlab chiqarish to‘xtatildi, qolgan jarayonlar davom etmoqda”, — dedi Hasan Rizo ANI bilan suhbatda.
Hindistonda ishlab chiqarilgan “Dok-1 Maks” siropini iste’mol qilish ortidan hozircha Samarqandda 18 nafar, Toshkent va Qashqadaryoda bir nafardan, jami 20 nafar bola vafot etgani ma’lum. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan “Dok-1 Maks” preparati bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)