• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    Mulkdorlarning notarial tartibdagi roziligi, uch turdagi konpensatsiya shakli, bir martalik tovon puli, ekologiya va tabiatga zarar yetkazmaslik prinsipi. Bularning barchasini o‘zida aks ettirgan “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

    Hukumat tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihasi o‘tgan yilning iyul-avgust oylarida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilgan edi. Lekin, loyiha ko‘plab muhim masalalarni qamrab olgan bo‘lsada, undagi ayrim moddalar fuqarolar va jamoatchilik faollarining noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

    Shuningdek, siyosiy partiyalar ham ushbu masala yuzasidan faol pozitsiyalarini bildirgan edi. Xususan, O‘zLiDeP partiyasi renovatsiya dasturlarini amalga oshirish fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan yakka tartibdagi turar joylar hamda noturar joylar daxlsizligiga rahna solmasligi shart, degan bo‘lsa, “Adolat”chilar uy-joy bilan bog‘liq loyihalar mustahkam qonuniy asosga tayanishi, uy-joy mulkdorlarining huquq va manfaatlari renovatsiyaning har bir bosqichida qonun bilan ishonchli himoya qilingandagina samarali amalga oshirilishi mumkin, degan qatʼiy fikrni ilgari surgan edi.

    O‘zbekiston Ekologik partiyasi esa har qanday obyektlarni buzish va qaytadan qurish ishlari avvalo qatʼiy ekologik standartlar asosida amalga oshirilishi zarur, deya taʼkidlagan edi.

    Qonun loyihasi bo‘yicha maʼruzachi — Adliya vaziri o‘rinbosari Maxmud Istamovga ko‘ra, loyihaning bosh maqsadi – eskirgan va avariya holatidagi uy-joylarni qayta qurish (renovatsiya qilish) orqali shahar va mahallalarimizni obodonlashtirish, infratuzila obyektlarini zamonaviylashtirish, va albatta ushbu jarayonda mulkdorlarning huquq va manfaatlarini qonun darajasida qatʼiy himoya qilish hamda investorlar uchun ham, davlat organlari uchun ham aniq va ravshan qoidalar o‘rnatishdan iborat.

    Qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi davrida kelib tushgan jamoatchilikning taklif va eʼtirozlaridan kelib chiqib takomillashtirilgan.

    Maʼlum qilinishicha, muhokamalarda uch mingdan ortiq kishi ishtirok etgan, 154 ta taklif va mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, nafaqat jamoatchilik muhokamasi portali, balki ijtimoiy tarmoqlarda, ommaviy axborot vositalarida bildirilgan fikrlar, fuqarolarning xavotir va eʼtirozlari ham chuqur o‘rganilgan.

    Maʼruzachi bularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, jamoatchilik tomonidan renovatsiya loyihasini amalga oshirishda uy-joy mulkdorlari huquqlarining buzilishiga oid xavotirlarni inobatga olib, mulk uchun bozoor qiymatidan kelib chiqib munosib kompensatsiya tartibini, renovatsiya loyihasini amalga oshirishning aniq mezonlarini belgilash kabi bildirligan takliflar hisobga olingan.

    Qonun loyihasiga ko‘ra, renovatsiya loyihasini hokimliklar, shu hududda yashayotgan aholi yoki xususiy investorlar taklif qilishi mumkin. Bunda mahalliy aholi yoki investorlar taklif kiritishi uchun o‘sha hududda yashovchi mulkdorlarning kamida 80 foizining notarial tasdiqlangan roziligi shart. Yaʼni, aholining 4/5 qismi rozi bo‘lmaguncha hech qanday taklif kiritilmaydi.

    Maʼlumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, renovatsiya loyihalari Turkiya Respublikasida 50 foiz +1 mulkdorlar rozi bo‘lganda, Janubiy Koreyada 66 foiz yoki mulkdorlarning 2/3 qismi, Xitoyda 70 foiz, Braziliyada 60 foiz, Yaponiyada 80 foiz, AQSHning Nyu-York va Kaliforniya shtatlarida 50 foiz +1 ovozi olganda amalga oshiriladi.

    Eʼtibor qaratishimiz zarur bo‘lgan asosiy jihat ushbu ovoz faqtgina taklif kiritish uchungina zarur. Agar loyiha tasdiqlansa, har bir mulkdor bilan kompensatsiyaning qulay varianti kelishib olinadi hamda hokimlik, investor va mulk egasi tomonidan uch tomonlama notarial kelishuv tuziladi. Yaʼni 100 foiz mulkdorni rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi.

    Bundan tashqari, qonun loyihasida aynan qaysi hududlar renovatsiya qilinishiga doir mezonlar aniq belgilab berilmoqda. Bular, muayyan hududning bosh rejasida renovatsiya hududi sifatida eʼtirof etilgan bo‘lishi, uy-joylar yashash uchun butunlay yaroqsiz va avariya holda bo‘lishi, shuningdek, hudud aholisining ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir qiladigan holatlar mavjud bo‘lishi renovatsiya qilish uchun asos sifatida belgilanmoqda.

    Qonun loyihasi har bir mulkdor uchun uch xil kompensatsiya shaklini nazarda tutadi: (1) renovatsiya hududining o‘zida quriladigan yangi ko‘p qavatli uydan turar yoki noturar joy berish; (2) istasa, boshqa hududdan joy berish; (3) uyining bozor bahosiga teng miqdorda pul to‘lash.

    Qurilish davrida fuqaro vaqtincha ijara uyda yashasa, ijara xarajatlari to‘liq qoplab beriladi hamda har bir mulkdorga o‘zining mulki bozor qiymatining qo‘shimcha 12% miqdorida bir martalik tovon puli to‘lanadi. Shu tariqa, har bir mulkdorga turmushini, uy-joyini yangilash imkoni beriladi.

    Qurilish muddati qonun bilan 2-yil etib belgilanmoqda. Agar quruvchi 2-yilda qurib ulgurmasa, kechikkan har bir kun uchun mulkdorlarga mulk qiymatining 0,5% miqdorida penya to‘laydi.

    Shuningdek, har bir loyiha bo‘yicha alohida direksiya (yuridik shaxs) tuzilishi belgilanmoqda. U investor va mulkdorlar o‘rtasidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydi. Bu yangi mexanizm so‘nggi yillarda qurilishlarda majburiyatlar bajarilmay qolishi yoki cho‘zilib ketishi tufayli yuzaga kelgan salbiy holatlarni oldini olishga xizmat qiladi.

    Agar loyiha yakunlanmay qolsa, u “Shaharsozlik renovatsiyasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tasarrufiga o‘tkazilib, yangi investor jalb etish orqali qurilish nihoyasiga yetkaziladi. Yaʼni, boshlangan loyiha to‘xtab qolmasligi davlat tomonidan to‘liq kafolatlanadi.

    Shuningdek, mulkdorlarga ham huquq berilmoqdaki, renovatsiya loyihasi ko‘p daromad keltiradi deb hisoblasa, renovatsiya qilinayotgan mol-mulkini bozor qiymatida ulushga aylantirib, umumiy foydadan hissa olish imkoniyati yaratilmoqda.

    Majlisda so‘z olgan O‘zLiDeP fraksiyasi aʼzosi Umid Yakubxodjayev partiya saylovoldi dasturida renovatsiya to‘g‘risida ishlab chiqilayotgan qonunda uy-joy mulkdorlari, tadbirkorlarning mulk huquqi va qonuniy manfaatlari mutlaq kafolatlanishini asosiy maqsadlaridan biri sifatida eʼtirof etilganini taʼkidlab, renovatsiya loyihasi hududiga tushgan yer uchastkalari xususiy mulkda bo‘lgan taqdirda, mazkur yer uchastkalari qay tartibda olib qo‘yiladi, degan savolni o‘rtaga tashladi. Shuningdek, bunda shunchaki baholangan qiymatda kompensatsiya to‘lab emas, kelishuv asosida qayta sotib olish orqali renovatsiya dasturiga kiritilishini aniq belgilash taklifini bildirdi.

    Deputatning mazkur savoliga javoban qonun tashabbuskorlari qonun loyihasi mulk huquqini kafolatlovchi Konstitutsiyaviy prinsiplardan kelib chiqib yozilgani, xususan, mulkdor sudning qarorisiz va qonunga zid ravishda mulkdan mahrum qilinishi mumkin emasligi, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunda xususiylashtirilgan yer uchastkalari faqatgina qayta sotib olish orqali olinishi mumkinligi belgilangani sababli, ushbu qonunga kiritilmaganligi, mazkur taklif ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilishini bildirildi.

    XDP fraksiyasi aʼzosi Dilbarxon Mamajanova esa qonun loyihasi partiyaning asosiy elektorati bo‘lgan aholining ehtiyojmand qatlamlariga nisbatan bevosita taʼsir qilishini eslatib, — Ushbu qonun loyihasi ularning ahvolini yanada qiyinlashtirib, mavjud uy-joyidan ham mahrum bo‘lib qolishiga olib kelmaydimi? Maʼruzada keltirilgan tartib va qoidalar, kafolatlar ehtiyojmand aholining manfaatlarini yetarlicha himoya qiladimi, deb tashabbuskorlarga yuzlandi.

    Qonun tashabbuskorlarining aytishicha, qonun loyihasining asosiy maqsadi aholining turmush darajasini yaxshilash. Qurilish davrida fuqaro vaqtincha ijara uyda yashasa, ijara xarajatlari to‘liq qoplab beriladi hamda har bir mulkdorga o‘zining mulki bozor qiymatining qo‘shimcha 12% miqdorida bir martalik tovon puli to‘lanadi. Shu tariqa, har bir mulkdorga turmushini, uy-joyini yangilash imkoni beriladi.

    O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Noiba Inoyatova bugungi kunda ekologik muammolar, yaʼni daraxtlarning kesilishi, ularning atrof-muhitga taʼsirining oldini olish maqsadida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy etilganini qayd etib, qonun loyihasida daraxtlarni kesishga yo‘l qo‘yilmasligi va yashil hududlarni tashkil etish masalasi aniq belgilanganligi yuzasidan aniqlashtiruvchi savol berdi.

    Bunga javoban, maʼruzachi loyihada ekologiya va tabiatga zarar yetkazmaslik prinsipi ham mustahakamlanib, loyiha hududining kamida to‘rtdan bir qismi yashil maydonlardan iborat bo‘lishi, daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlari, madaniy yodgorliklar qatʼiy himoya qilinishi belgilanayotganini maʼlum qildi.

    Majlisda shuningdek, qolgan fraksiya vakillarining ham savollari, taklif va tavsiyalari eshitildi. Raislik qiluvchi ayni vaqtda qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilayotgani, ayrim kamchiliklardan xoli emasligi, undagi mexanizmlarni yanada takomillashtirish zarurligini taʼkidlab, masʼul qo‘mita va qonun tashabbuskorlari deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida yanada takomillashtirishi kerakligini bildirdi.

    Muhokamalardan so‘ng ovozga qo‘yilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi

    5 avgust, 20:58   Izoh (0)   1199
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58

    Gulistondagi drama teatrida chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:45

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Avazada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:31

    Eron MI6 ning maxfiy axborotidan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanmoqchi

    Dunyo | 5 avgust, 22:30

    Superliga. “OKMK” mehmonda “Paxtakor”dan ustun keldi

    Sport | 5 avgust, 22:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.