Turkiya parlamenti Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishdagi sa’y-harakatlari uchun prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdi. Bu haqda Yeni Safak xabar berdi.
Erdo‘g‘on nomzodini Turkiya parlamenti – Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafo Shentop ilgari surgan. “Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish borasidagi sa’y-harakatlari uchun prezident Erdo‘g‘onni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatdim. Mening bu bo‘yicha arizam bor”, — deydi u.
Turkiya prezidenti bir necha bor Rossiya va Ukraina rahbarlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil etishni taklif qilgan. Mart oyida Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan. 22-iyun kuni Turkiya va BMT ko‘magida Rossiya va Ukraina o‘rtasida g‘alla bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Rossiyaning Memorial markazi (Rossiya Federatsiyasida xorijiy agent sifatida tan olingan, Adliya vazirligi tomonidan faoliyati tugatilgan), belaruslik huquq himoyachisi Ales Belyatskiy va Ukraina fuqarolik erkinligi markaziga berilgandi.
Mavzuga doir: Zelenskiy va Ukraina xalqini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish taklif qilindi
Izoh (0)