• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hech kimga tahdid qilish niyatim bo‘lmagan”. Elektr va gazdan shikoyat qilganlarga qamoq haqida eslatgan namanganlik deputat chiqishiga izoh berdi (video)

    Namanganlik deputat Muzaffar Jamoliddinovning Facebook’dagi sahifasiga joylangan hamda elektr va gazdan shikoyat qilganlarga “issiq va yorug‘ kameralar” haqida eslatilgan posti ijtimoiy tarmoqlarda keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Post keyinchalik o‘chirib tashlangan bo‘lsa ham, uning atrofidagi bahs-munozaralar hali tinganicha yo‘q. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev deputat bilan uchrashib, mazkur chiqishdan ko‘zlangan maqsad-muddao haqida so‘radi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Postimga shunchalik e’tibor qaratilishini o‘zim ham kutmagandim”

    Bundan 5 yil avval, 2017-yili 10 oy davomida qamoq ehtiyot chorasida saqlanganman. Sud tugaganidan so‘ng ozodlikka chiqqanman va keyinchalik sudlanganlik holati olib tashlangan. Shundan kelib chiqib, hayotda elektr va gaz tanqisligidan tashqari boshqa tashvishlar ham borligi, ularning oldida bu muammolar u qadar ahamiyatli emasligini nazarda tutib, post qo‘ygandim. Lekin barcha ham meni tanimasligi, o‘tmishimdan xabardor emasligi, boshqacha tushunishlari mumkinligini o‘ylab ko‘rmagan ekanman.

    Postni kechki payt joylagandim, charchagan ekanman, ko‘zim ilinibdi. Oradan ikki-uch soat o‘tib qarasam, postning ostida 1,5 mingdan ortiq izoh turibdi. Ularning aksariyati o‘ta salbiy edi. To‘g‘risi, buni o‘zim ham kutmagandim — shuncha odam meni kuzatishi, fikrimga munosabat bildirishini. Shundan so‘ng bu postni o‘chirib tashladim va keyinroq asl maqsadim bayon qilingan ikkinchi postni joyladim. Lekin unga deyarli hech kim e’tibor bermadi, tushunishni ham istamadi. Birgina “Daryo” nashrida ushbu izoh chop etildi, buning uchun tahririyatdan minnatdorman.

    “Deputatlik so‘rovlarimning katta qismi aynan gaz, elektr, suv va yo‘l muammolariga tegishli”

    Ko‘pchilik fikrlarimni ochiqdan ochiq tahdid sifatida qabul qilibdi. Bunga vakolatli shaxs, ya’ni jazolovchi organ odami bo‘lmasam, qanday qilib kimnidir qo‘rqitishim mumkin? Deputat o‘zi asli xalq vakili bo‘lsa. Deputatlik faoliyatim davomida 16 nafar fuqaroga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarida jamoatchilik himoyachisi bo‘lib ishtirok etgan ekanman. Ulardan 6 nafarini kafilligimga olganman. Ularga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash haqida sudlarga kiritgan iltimosnomalarim qanoatlantirilib, o‘sha fuqarolar hozir ochiqda, ishlab, o‘qib yuribdi.

    Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

    Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

    Deputatlik davrimda, ya’ni 2019-yildan beri turli idora va tashkilotlarga 19 ta deputatlik so‘rovi, 32 ta murojaat yo‘llabman. Ular orasida aynan o‘sha gaz, elektr, suv va yo‘l muammolari bor.

    Viloyatda yo‘l uchun ajratilgan mablag‘ning katta qismi deputatlik hududimga to‘g‘ri kelar ekan. Ikkita mahallani o‘zida 17 kilometr asfalt bo‘libdi. To‘g‘ri, bular davlat mablag‘i bilan bo‘ladi, lekin buning ortidan kimdir yelib-yugurishi, dasturlarga kiritish uchun jon kuydirishi kerak-ku?

    “Kimgadir maddohlik qilishga ehtiyojim yo‘q”

    Ayrim izohlarda meni “maddoh” deb atashibdi. Kimgadir maddohlik qilishga ehtiyojim yo‘q, chunki tadbirkorlik bilan shug‘ullanganman, mablag‘im yetarli. Poligrafiya va darvoza tayyorlash korxonalarimiz bor, qo‘l ostimizda 50 nafardan ortiq odam ishlaydi. Aslida javobgarlikka tortilishimga ham shu tadbirkorlik faoliyati sabab bo‘lgan. Ochig‘ini aytaman, 5-6 yil avval hozirgi insonparvarlik siyosati va tadbirkorlarga ijobiy munosabat bo‘lganida bunday qora kunlar boshimga tushmasdi ham. Ota-onam, oilamni haqorat qilishibdi. Ularda nima ayb? Ota-onam men va ukalarimni el koriga yaraydigan insonlar etib voyaga yetkazishga harakat qilishgan, biz bilan doim faxrlanishni istashadi.

    “Boshimdan o‘tganlari katta saboq bo‘ldi”

    Asosiy xulosa shuki, nafaqat deputat, balki har qanday odam chiqishlariga, ijtimoiy tarmoqlarda joylayotgan postlariga e’tiborliroq bo‘lishi kerak ekan. Shaxsiy hayotidagi muammolarni xalq tashvishi bilan aralashtirmasligi va bu orqali ommaning g‘azab-nafratini qo‘zg‘atmasligi kerak ekan. So‘zlarimni noto‘g‘ri tushungan barchadan buning uchun yana bir bor uzr so‘rayman.

    Boshimdan o‘tganlari men uchun katta saboq bo‘ldi. O‘zim qo‘ygan post ortidan yuzaga kelgan talqin va tanqidlarni muhokama qilib o‘tirmasdan, deputatlik vakolatimni muddatidan avval tugatish haqida ariza berdim. Endi uni ko‘rib chiqish kengashga havola.

    Mavzuga doir: Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi

    14.12.2022, 21:59   Izoh (0)   14994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xorijda qiyin ahvolga tushganlarning ko‘pchiligini ishlash uchun norasmiy ketganlar tashkil qiladi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

    14.12.2022, 21:54

    “2023-yildan fuqarolarni Yaponiya va Isroilga ishlash uchun yuborish yo‘lga qo‘yiladi” — Afzal Ermatov

    14.12.2022, 21:21

    Bu yil 35 ming nafar fuqaro chet elga ishlash uchun jo‘natildi – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

    14.12.2022, 20:56

    O‘zbekistonga davolanish uchun eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelayotgani ma’lum qilindi

    14.12.2022, 20:32

    Toshkentda Nexia-3, Lacetti va Labo to‘qnashib ketdi (foto)

    14.12.2022, 20:08

    “O‘g‘rilikni bo‘yningga ol, chiqarib yuboramiz deyishdi”. Tanzila Norboyeva xonadoniga o‘g‘rilikka tushganlikda gumonlangan ayol unga IIB xodimlari kuch ishlatgani...

    14.12.2022, 19:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10

    Navbatdagi “derbi” va ko‘p yillik tanaffusdan keyingi g‘alaba: “Navbahor” va “Neftchi” o‘yinidan fotogalereya

    Futbol | 17 avgust, 17:05

    Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

    Dunyo | 17 avgust, 16:55

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50

    Ka’ba eshigining yopinchig‘i O‘zbekistonga olib kelindi (video)

    O‘zbekiston | 17 avgust, 15:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.