• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘g‘rilikni bo‘yningga ol, chiqarib yuboramiz deyishdi”. Tanzila Norboyeva xonadoniga o‘g‘rilikka tushganlikda gumonlangan ayol unga IIB xodimlari kuch ishlatganidan shikoyat qildi

    Senat raisi Tanzila Norboyevaga o‘zganing xonadoniga o‘g‘rilikka tushgani va 12,5 ming dollar mablag‘ni o‘g‘irlashda gumonlanayotgani aytilgan ayol IIB xodimlari unga kuch ishlatib, aybni bo‘yniga qo‘yganini aytmoqda. Bu haqda ayol Toshkent shahar prokuroriga yozilgani aytilgan shikoyat arizasida ma’lum qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 37 yoshli gumonlanuvchi D.T. Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan, maxsus qo‘riqlovga olingan Do‘rmon kompleksidagi 22-uyda enaga sifatida ishlab kelgan bo‘lib, 2-noyabrdan 6-noyabrgacha bo‘lgan navbatchilik vaqtida uydagi javon ichidan uy bekasiga tegishli 12,5 ming dollarni yashirin ravishda talon-toroj qilganlikda gumon qilingan. Va 2022-yil 26-noyabr kuni gumonlanuvchi sifatida jinoyat ishiga jalb etilgan. Gumonlanuvchiga 2022-yilning 2-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori iltimosnomasi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi ajrimiga muvofiq qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanov tomonidan “Daryo”ga taqdim qilingan hujjatlarda yozilishicha, gumonlanuvchi ayol 2022-yilning 7-dekabr kuni soat 15:50 da huquqni muhofaza qiluvchi organ, manbalarning ma’lumot berishicha Toshkent shahar prokuroriga ariza yozib, 2022-yil 2-dekabrdan gumonlanuvchi sifatida Toshkent shahar IIBBning vaqtincha saqlash xonasida ushlab turilganini, 5-dekabr kuni soat 6:00 larda esa Dilmurod ismli tergovchi hamrohligida vaqtincha saqlash binosining to‘rtinchi qavatiga olib chiqilib, aybini bo‘yniga olishi uchun qiynoqqa solinganini ma’lum qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    2022-yil 5-dekabr kuni soat 6:00 larda meni Dilmurod tergovchi xonasiga olib bordi. U yerda Mirzo Ulug‘bek tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi Bekzod kelib, Dilmurodni tergov bo‘limi xodimi deb aytdi. Dilmurodning xonasi to‘rtinchi qavatga olib chiqdi. U yerda menga avval yaxshi gapirishdi, keyin Bekzod menga baqirdi va chap oyog‘imni oyog‘i bilan bosdi. Keyin menga jismoniy mashqlar qildirdi va jismoniy zarar yetkazdi. Yelkamga, qo‘limga musht qilib urdi. Keyin menga hozir kiyimingni yech, rasmga olib eringga jo‘nataman, deb majburladi. Men ulardan bu ishni qilmasligini so‘radim.

    Hozirda kasal ekanimni aytdim. Keyin ular buni inobatga olib, o‘tqazishdi va qo‘limga qog‘oz tutqazishdi. Ular menga o‘g‘rilikni bo‘yningga ol, 100 dollar olgan bo‘lsang ham yoz deyishdi. Ular shunday qilsam, meni chiqarib yuborishlarini aytishdi. Men esa pul olmaganimni aytdim. Ular shundan keyin sen bilan ertaga gaplashamiz, deyishdi, — deyiladi gumonlanuvchi ayolning Toshkent shahar prokuraturasiga yozilgani aytilgan arizasida.

    “Daryo” gumonlanuvchi ayol tomonidan yozilgan shikoyat xatidagi “Bosim o‘tkazib, qiynoqqa solayotgan ushbu xodimlarga nisbatan tekshiruv o‘tkazib, qonuniy chora ko‘rishingizni so‘rayman”, degan jumlalarga qanday javob bo‘lganini bilish maqsadida Bosh prokuratura axborot xizmati bilan bog‘lanib, ariza haqiqatan ham Toshkent shahar prokuroriga yozilganiga aniqlik kiritishga urindi.

    Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javoban mazkur arizaga aniqlik kiritishini va bu haqda batafsil axborot berishini bildirdi.

    “Daryo” gumonlanuvchi ayol bilan ham suhbatlashishga urindi. Ayolning shaxsiy telefoniga javob bergan uning yaqini hozirda hech qanday muammo yo‘qligini, barchasi iziga tushganini bildirdi.

    Nashrning boshqa manbasiga ko‘ra, 12,5 ming dollaridan ayrilgani aytilayotgan jabrlanuvchi ariza bergan kunining ertasiga yana huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilib, da’vosi yo‘qligini bildirib, arizasini qaytarib olgan. Hamda 12,5 ming dollardan voz kechgan. Gumonlanuvchi o‘sha kunning o‘zida qo‘yib yuborilgan.
    Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishidan ancha oldin yakunlangan edi, — deydi “Daryo”ning Senat raisiga yaqin manbalaridan biri.
    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    14.12.2022, 19:54   Izoh (0)   23501
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha yangi ma’lumotlarni taqdim etdi

    14.12.2022, 19:08

    “Ko‘pchilik aldanib qolmoqda”. Xorijga ishlagani bormoqchi bo‘lgan ayrim o‘zbeklar katta pulga chuv tushayotgani aytildi

    14.12.2022, 18:43

    Iordaniyaning Jordan Aviation aviakompaniyasi ilk bor O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

    14.12.2022, 18:36

    “Aviakompaniya eskicha uslubda ishlayapti, yo‘lovchilar xizmat sifatidan rozi emas”. Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan Airways haqida

    14.12.2022, 18:14

    “Bu taklif xolos”. Qashqadaryo hokimligi talaba qizning chiqishi turlicha talqin qilinayotganini aytmoqda

    14.12.2022, 18:07

    Surxondaryoda yerda yotgan mast kishini mashina bosib ketdi

    14.12.2022, 17:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 20:15

    Xitoyda qizning qornidan 2 kg soch to‘plami olib tashlandi

    Dunyo | 17 avgust, 19:30

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.