Qozog‘istonda qurilishi rejalashtirilayotgan ANKA turk dronlari zavodi 30 ta uchuvchisiz uchar apparatni ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Turkiya Mudofaa sanoati boshqarmasi boshlig‘i Ismoil Demir ma’lum qildi.
Zavodni qurish bo‘yicha kelishuv 2022-yilning may oyida imzolangan edi. Endilikda korxonaning rejalashtirilgan ishlab chiqarish quvvati ma’lum bo‘ldi.
Turkiya tomoni Qozog‘iston armiyasi uchun dronlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha texnologiyalarni beradi va kadrlarni tayyorlaydi. Qozog‘iston ANKA dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadigan birinchi xorijiy davlatga aylandi.
Izoh (0)