Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Turkiyaning Bayraktar TB2 zarba beruvchi uchuvchisiz uchar qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Baykar kompaniyasi Ukrainada o‘z bo‘linmasini ochdi va ushbu mamlakatda zavod qurishga tayyorlanmoqda, deb yozadi “Kommersant” Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnarga tayanib.

Bayraktar TB2

Bayraktar TB2
Foto: “Kommersant”

“Baykar kompaniyasi egasi Ukrainada o‘z bo‘linmasini yaratdi, ushbu kompaniya yer maydonini sotib oldi, ular zavod loyihasini ishlab chiqdi va uni oxirigacha amalga oshirmoqchi, chunki Ukrainada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish — kompaniya egalarining deyarli shaxsiy majburiyati bo‘lgan edi”, — dedi Bodnar.

Elchi aniqlik kiritishicha, dronlarning aksariyati Ukrainada ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi.

“Bular dvigatellar, boshqa zaxira qismlari, g‘ildiraklar, o‘zimizda bo‘lgan va ushbu uchar qurilmalar uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan boshqa turli xil yuqori texnologik narsalardir”, — dedi u.

19-iyul kuni Ukraina Vazirlar mahkamasi vakili Taras Melnichuk mamlakat hukumati Turkiya bilan yuqori texnologiyalar, aviatsiya va koinot sohalaridagi hamkorlik haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qullaganini aytgandi, u Ukrainada Turkiyaning Bayraktar zarba beruvchi uchuvchisiz uchar qurilmalarini ishlab chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavod qurilishini boshlash imkoniyatini berishi ma’lum qilingandi.

2021-yil yanvarida SAHA EXPO mudofaa sanoati mahsulotlari ko‘rgazmasida Baykar va Ukrainaning “Ivchenko progress” konstruktor byurosi yangi MUIS uchuvchisiz uchar qurilmalar uchun dvigatellar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagandi.

Keyinroq Bloomberg manbalari Ukraina Turkiyadan oltitadan ortiq dronlar sotib olganini ma’lum qildi. Yana kamida 20 ta dron uchun buyurtma ishlab chiqish bosqichida turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi