O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—iyul oylarida 12 975 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasidan ma’lum bo‘ldi.
Iyul oyida eng ko‘p Damas avtomobili ishlab chiqarilgan — 3 902 ta. Cobalt 3 519 ta ko‘rsatkich bilan ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, Gentra 2 756 ta vatomobil bilan uchinchi bo‘ldi.
Bundan tashqari, iyulda 1 648 ta Nexia-3 va 1 145 ta maxsus yengil avtomobillar ham ishlab chiqarildi.
O‘tgan oyda atigi 5 dona Spark avtomobili ishlab chiqarilgan. Avvalroq 2022-yil oxirida Spark va Nexia ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi.
UzAutoSavdo ilovasida Spark narxi 90 mln so‘mdan 113 mln so‘mgacha ko‘rsatilgan.
Izoh (0)