Markaziy Osiyo mamlakatlari Rossiyaga meva-sabzavot yetkazib berish hajmini oshirmoqda. Bu haqda EastFruit xabar berdi.
Turkmanistondan ham Rossiyaga meva-sabzavot eksporti 2022-yilning birinchi yetti oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 30 foizga oshdi.
2022-yilning yetti oyi davomida Rossiyaga meva-sabzavot importi 5,1 million tonnani tashkil etdi.
2022-yilning yanvar—iyul oylarida Rossiyaga meva-sabzavot eksportini oshirgan davlatlar orasida Qozog‘iston (21 foiz), Tojikiston (16 foiz), O‘zbekiston (14 foiz) va Xitoy (11 foiz) bor.
O‘tgan davrda Rossiyaga meva-sabzavot eksportini eng ko‘p oshirgan davlat Marokash bo‘ldi. Mamlakatdan Rossiyaga meva va sabzavotlar eksporti 45 foizga ko‘paygan.
Avvalroq O‘zbekiston 7 oyda qancha meva va sabzavot eksport qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)