Yevropada gaz narxi qit’a gaz markazlari faoliyatining butun tarixi uchun rekord darajada yuqoriladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
19-avgust kuni Gazprom “Portovaya” kompressor stansiyasidagi yagona ishlaydigan gaz nasosli turbinasiga rejalashtirilgan texnik xizmat ko‘rsatish doirasida 31-avgustdan 2-sentabrga qadar “Shimoliy oqim” orqali gaz quyish to‘xtatilishini ma’lum qildi.
Bu esa ta’minot bo‘yicha xavotirlarga sabab bo‘lib, gaz narxining oshishiga olib keldi.
Agar 19-avgustda narxlar mart oyidan beri birinchi marta ming kub metr uchun deyarli 8 foizga oshgan bo‘lsa, 22-avgustda ular 20 foizga o‘sdi va 3 ming dollardan oshib ketdi.
Yevropada gaz fyucherslari bo‘yicha so‘nggi rekord narx 7-martda qayd etilgan edi, o‘shanda Rossiya energiya resurslarini import qilishni taqiqlash qo‘rquvi tufayli kotirovkalar 3 892 dollarga yetib, kun yakuniga ko‘ra ming kub metr gaz narxi 2 561 dollarni tashkil etgan.
Oxirgi marta “Shimoliy oqim” orqali Yevropaga gaz yuborish 11-21-iyul kunlari to‘xtatilgan edi.
Turbina yo‘qligi sababli, iyul oyi oxiriga qadar Gazprom “Shimoliy oqim” orqali yetkazib berishni o‘z quvvatining 20 foizigacha (33 mln kub metrgacha) qisqartirgan.
Izoh (0)