O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—iyul oylarida 162 518 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasidan ma’lum bo‘ldi.
Yetti oy ichida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi — 52,9 mingta. Biroq iyul oyida atigi 3,5 mingta Cobalt ishlab chiqarilgan va bu avvalgi oylarga qaraganda ancha pastroq. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 10 mingdan oshiq bo‘lgan edi.
Yanvar—iyul oylarida yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Gentra (47,6 ming) ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Damas (39,8 ming) uchinchi bo‘ldi.
Bundan tashqari, yil boshidan beri 14 237 ta Nexia-3 (o‘tgan yilga nisbatan 1,4 foizga kamaydi), 7 548 ta Spark (16,4 foizga oshdi), 39 779 ta Damas (17,5 foizga oshdi), 11 008 ta maxsus yengil avtomobillar (46 foizga oshdi) va 28 dona Tracker ishlab chiqarildi.
Avvalroq O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)