Ukrainada urush boshlangandan beri Xitoy Rossiyadan neft, neft mahsulotlari va ko‘mir importini taxminan 75 foizga oshirdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Fevral oyidan beri Rossiyaning Xitoyga energetika resurslari eksporti hajmi 35 mlrd dollarni tashkil etdi. 2021-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 20 mlrd dollarga teng bo‘lgan.
Aniqlik kiritilishicha, Xitoy energiya resurslarning bir qismini Rossiyadan o‘tgan yilga nisbatan arzon narxlarda sotib olmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hozirda Xitoyga asosiy yoqilg‘i yetkazib beruvchi bo‘lib, Osiyo davlati Rossiyaning narx siyosati bilan raqobatlasha olmagani sababli Indoneziyani birinchi o‘rindan siqib chiqarmoqda.
O‘tgan oylarga nisbatan Rossiya Xitoyga kamroq xom neft va LNG yetkazib bera boshlaganiga qaramay, qayd etilgan resurslar eksporti hajmi 2021-yilga nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda (mos ravishda +8 foiz va +20 foiz).
Avvalroq jahonning beshta asosiy tovar sanoati energiya inqirozini boshdan kechirayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)