Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Energetika inqirozi global iqtisodiyotning asosiy tarmoqlariga bosimni oshirmoqda. Sanoat, metallar, shuningdek, po‘lat, o‘g‘it va shakar ishlab chiqaruvchilari korxona xarajatlarini kamaytirishga majbur. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Bundan tashqari, elektr avtomobil akkumulatorlari va quyosh energiyasi ishlab chiqarish uchun materiallar ishlab chiqaruvchilari qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Birinchidan, energiya inqirozi sanoat metallarini ishlab chiqarishga ta’sir qildi. Yevropa o‘tgan yil davomida rux va alyuminiy eritish quvvatining yarmini yo‘qotdi.

Joriy haftada Norvegiyaning Norsk Hydro ASA po‘lat ishlab chiqaruvchisi Slovakiyadagi alyuminiy zavodini sentabr oyi oxirida elektr energiyasi narxining oshishi sababli yopishini e’lon qilgan bo‘lsa, global po‘lat ishlab chiqaruvchi Nyrstar Gollandiyadagi Budelning yirik rux zavodini to‘xtatganini e’lon qildi.

 

Energiya inqirozi po‘lat ishlab chiqarishga ham ta’sir qildi. Xitoyning Sichuan provinsiyasida qurg‘oqchilik bilan bog‘liq elektr ta’minotidagi uzilish mahalliy po‘lat zavodlarining 70 foizdan ortig‘iga ta’sir ko‘rsatib, ishlab chiqarishni to‘xtatdi yoki chekladi.

Bundan tashqari, AQSHning kamida ikkita po‘lat zavodi energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ba’zi operatsiyalarni to‘xtata boshladi.

Xitoydagi energiya inqirozi tufayli litiy va polisilikon kabi materiallar ishlab chiqarish kamaydi. Tahlilchilar qisqa muddatda narxlar oshishini kutmoqda.

Global o‘g‘it eksportchilari, jumladan Xitoy, oziq-ovqat inqirozi qo‘rquvi tufayli boshqa mamlakatlarga yetkazib berishni qisqartirmoqda.

Yevropada azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvvatining kamida chorak qismi allaqachon yo‘qolgan va Xalqaro o‘g‘itlar assotsiatsiyasi kelgusi mavsumda global o‘g‘it iste’moli 2008-yildagi inqirozdan beri rekord darajada pasayishini taxmin qilmoqda.

Agentlik iqtibos keltirgan tahlilchilarning fikricha, jahon bozorida oziq-ovqat narxi shakar narxining oshishi tufayli oshadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi