Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,92 so‘mga ko‘tarilib, 10 880,29 so‘mni tashkil qildi. Yevro 60,50 so‘mga oshib, 11 140,33 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,82 so‘mga pastlab, 180,66 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kun pastlab, 10 875,37 so‘mni tashkil qilgandi.
Izoh (0)