Iyun oyining oxiriga kelib elektromobillarni quvvatlantirish shoxobchalari O‘zbekistonning yettita viloyatida mavjud. Bu PlugShare ilovasida qayd etilgan.
Zaryadlash stansiyalarning umumiy soni 55 tani tashkil qilib, ularning asosiy qismi Toshkent va Farg‘ona vodiysida joylashgan. Yana bir nechta stansiyalar Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida bor.
Taqqoslash uchun, 2019-yilda ular 0, 2020-yilda 3 ta, 2021-yilda 30 ta bo‘lgan.
Stansiyalarni, asosan, xususiy kompaniyalar o‘z mablag‘lariga turli maqsadlarda o‘rnatmoqda:
- Makro o‘z supermarketlari atrofida tarmoq qurmoqda;
- TokBor kompaniyalarga stansiyalarni o‘rnatish xizmatlarini taklif qiladi;
- Megavatt elektromobillar sotuvchisi sifatida infratuzilmani qurmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston bo‘ylab har 100 km masofaga elektr zaryadlash stansiyalari o‘rnatilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)