Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Megawatt Motors hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda yashil transportni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Megawatt Motors’ning ma’lum qilishicha, imzolangan hujjatga ko‘ra, 2022−2023-yillarda Toshkent shahrining barcha tumanlari va viloyatlar markazlarida elektromobillarni “tezkor” quvvatlantirish shoxobchalari o‘rnatiladi. Reja har ikki tomon tomonidan ham DXSH asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Ekologiya qo‘mitasi davlat organlaridan birinchilardan bo‘lib o‘z avtoparkida elektromobillarga bosqichma-bosqich o‘tishni boshladi. Megawatt Motors boshqa tashkilotlar ham shunga o‘xshashidan umid qiladi.

“Biz ‘yashil’ transportni har tomonlama rivojlantirish va O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yaxshilashga hissa qo‘shishdan mamnunmiz”, — deyiladi xabarda.

Spot’ning Megawatt Motors vakiliga tayanib yozishicha, kompaniya hozirda 10 ta zaryadlash stansiyasidan iborat tarmoq yaratishning birinchi bosqichini yakunlagan. Ikkinchi bosqichda ularga yana 68 ta nuqta qo‘shiladi, shundan 56 tasi 60 kVt quvvatga, 12 tasi esa 100 kVt quvvatga ega.

Stansiyalar butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatiladi. Megawatt Motors elektr yonilg‘i quyish shoxobchalari “har 100 kilometrda bo‘ladi”, deb va’da qilmoqda kompaniya. Taxminiy xarajat 500 ming dollarni tashkil etadi, kompaniya hammasini o‘z mablag‘lari hisobidan to‘laydi.

Hozirda O‘zbekiston uchun Plugshare xaritasida 42 ta elektr stansiyasi ko‘rsatilgan. Ulardan 22 tasi poytaxtda, 4 tasi Toshkent viloyatida joylashgan. Samarqand, Qarshi, Namangan, Qo‘qon, Farg‘ona va Navoiy viloyatida ham stansiyalar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 14-fevral kuni mashinasozlik sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda elektromobillar ishlab chiqarish tarmog‘iga ham to‘xtalib o‘tgandi. “Jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli o‘rin egallamoqda. Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak”, — degan edi prezident yig‘ilishda. O‘shanda mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-oktabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Mahalliy
“10 mln so‘mi direktor o‘rinbosarining plastik kartasiga tushirib berilgan”. Buxoroda maktab o‘qituvchilaridan 31 mln so‘m pul yig‘ildi
Mahalliy
“O‘zbekistonlik sayyohlar yuqori xarajat qobiliyatiga ega” — Tailand O‘zbekistondan ko‘proq sayyohlar kelishini xohlamoqda