Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Zumrad servis”ning bino va inshootlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Lot auksionga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qo‘yilgan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 7,04 gektar. Binoning maydoni — 2 832 kvadrat metr. Binolarda suv va elektr ta’minoti mavjud, gaz va kanalizatsiya esa yo‘q.
Auksionga qo‘yilgan bino va inshootlarning boshlang‘ich bahosi — 32,5 mlrd so‘m. Arizalar 1-avgust 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi 80 xonali ofis binosi 25,6 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)