Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi “Avtogazta’minot”ning “Kor-UNG Investment” qo‘shma korxonasidagi ulushining yaxlit qismi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 4,4 gektar. Qurilish maydoni — 3 919 kvadrat metr. Faoliyat turi — ixtisoslashgan do‘konlarda motor yoqilg‘isi chakana savdosi.
Lot izohida yozilishicha, jamiyat tarkibidan to‘rtta avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari mavjud.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri A-380 yo‘lida;
- Samarqand viloyati Ishtixon tumani, “Barlos” MFY, Hasan-Husan qishlog‘ida;
- Farg‘ona viloyati Furqat tumani Qo‘qonboy qishlog‘ida;
- Xorazm viloyati Yangiariq tumani Qarmish qishlog‘ida joylashgan.
Auksionga qo‘yilgan korxona bir qismining boshlang‘ich bahosi — 22,8 mlrd so‘m. Arizalar 4-iyul 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Farg‘onadagi ko‘p qavatli gipermarket 23,2 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)