Endi “my.gov.uz” saytida xalqaro IT sertifikati yoki o‘quv kurslari narxidan 50 foiz kompensatsiya olish mumkin bo‘ladi.
Kompensatsiya 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga beriladi.
16 yoshga to‘lmagan arizachi arizani to‘ldirishda ota-onasi/vasiylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi shart.
Murojaatni ko‘rib chiqish va sertifikatni tekshirish, shuningdek, pul mablag‘larini plastik kartaga o‘tkazish muddati 17 ish kunini oladi.
Imtihon narxi maxsus AT sertifikati berilgan kundan boshlab 180 kalendar kundan kechiktirmay ariza topshirilganda qoplanadi.
Sertifikat sohalariga quyidagilar kiradi:
- Kursera;
- Oracle;
- Udemy;
- Microsoft;
- Google va boshqalar.
Avvalroq rossiyalik IT-mutaxassislar O‘zbekistonga intilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)