Germaniya Iqtisodiyot vazirligi mamlakatdagi gaz omborlarini to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taxminan 15 mlrd yevro ajratishni buyurdi. Ushbu maqsadlar uchun kredit ajratiladi. Bu haqda DPA agentligi Germaniya Iqtisodiyot vazirligi hisobotiga tayanib xabar berdi.
Kredit xomashyo sotib olish uchun likvidlikni ta’minlash maqsadida Germaniyaning yagona Trading Hub Europe gaz kompaniyasiga ajratiladi.
Bundan tashqari, Germaniya rasmiylari ko‘proq gazni tejash maqsadida ko‘mirda ishlaydigan elektr stansiyalaridan faolroq foydalanmoqchi.
16-iyun kuni Bloomberg agentligi Germaniyada Rossiyadan gazning eng yirik xaridori Uniper kompaniyasiga gaz yetkazib berish hajmi kamaygani haqida xabar berdi.
Ta’minotning 25 foizga qisqarishi “Shimoliy oqim”ga xomashyo yetkazib berishning 40 foizga cheklanishi bilan bog‘liq.
“Gazprom”da nasoslar hajmining pasayishi gaz nasos qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi Siemens kompaniyasi tomonidan o‘z vaqtida ta’mirlanmaganligi bilan izohlanmoqda.
24-fevralgacha Germaniya Rossiya gazining Yevropa Ittifoqiga yetkazib berayotgan umumiy hajmining uchdan bir qismini yoki yiliga 50 mlrd kubometrni tashkil qilgan.
Germaniya rasmiylarining rejasiga ko‘ra, joriy yil oxiriga qadar Germaniyaning Rossiya gaziga qaramligi 30 foizgacha kamayishi mumkin.
Avvalroq Fransiya Rossiya gazini import qilishni to‘xtatgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)