• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Bekor qilingan O‘zbekiston — Argentina o‘rtoqlik uchrashuvi, “Man Yunayted” va “Barselona” o‘rtasidagi YChL finali, katta futbolda nom-nishonsiz yo‘qolgan “Paxtakor-98”. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 27-mayda nimalar haqida yozgan?

    Futbol – yildan yilga o‘zgarayotgan, takomillashib borayotgan, millionlar emas, balki milliardlar o‘yiniga aylanayotgan sport turi. Internet nashrlar rivojlanib, yangiliklar turli tarmoqlarda uzatilishidan avval barcha sohalarga qatori futbolga oid yangiliklar ham insonlarga televideniye, radio va gazeta-jurnallar orqali yetkazib berilgan.

    Xo‘sh, 11 yil avval 27-may kuni o‘zbek futbol gazetalari nimalar haqida yozgan, mulohazalar qilgan, kimlar bilan intervyular uyushtirgan? Bularning barchasi “O‘zbek futboli gazetalari tarixi” ruknida e’lon qilib boriladi.

    “Interfutbol” gazetasining birinchi sahifasida “Grandlar yoqqan taftsiz gulxanlar” sarlavhali maqola chiqqan. Unda mas’ul rahbarlardan tortib murabbiylargacha, ommaviy axborot vositalarida chiqayotgan ijobiy xabarlar sabab xotirjamlikka berilishi kerakmasligi aytilgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Ta’bir joiz bo‘lsa maqolaning ikkita e’tiborga molik bo‘lgan joyidan birinchisida, jumladan, shunday deyilgan: “... ich-ichimizda boshqa bir ‘men’ bosh ko‘taradi va ‘Baraka topgurlar, futbolning rivoji va ommaviyligi faqat jahon chempionati hamda Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish bilan belgilanmaydi. Ana, Urugvay o‘tmishda uch karra jahon chempioni bo‘lgan. Urugvay futbolini yaqindagina ilk bor jahon chempioni bo‘lgan Ispaniya futboli bilan qiyoslash mumkinmi?’, degan xitob yangraydi”.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Ikkinchi e’tiborga molik jumlaga ko‘ra, “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Sho‘rtan” Osiyo futboli maydonlarini tark etdi, ya’ni musobaqalardan chiqib ketdi. Yagona umid esa – “Nasaf”dan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    O‘ylab qaralsa, so‘nggi ikki yilda ham “Nasaf” yagona umid bo‘lib qolmoqda. Xususan, 2021-yili “Paxtakor” hamda “OKMK” OCHLning guruh bosqichidayoq musobaqani yakunlagan, “Nasaf” esa OFKda finalgacha yetib borgan bo‘lsa, 2022-yilda “Paxtakor” yana OCHLda guruhda qolib ketdi, “Nasaf” pley-offda. OFKda ishtirok etadigan “So‘g‘diyona” esa hali o‘z o‘yinlarini o‘tkazib ulgurmadi.

    Aleksey Yevstafeyev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Meksikadagi Jahon chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatining Dukentidagi yig‘in 2-iyungacha davom etadi, 9-iyun kuni terma jamoa Meksika tomon yo‘l oladi.

    1998-yilda tug‘ilgan “Paxtakor”chilar Germaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun uchib ketgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Jamoa Bergish-Gladbax shaharchasida o‘tkaziladigan Do‘stlik kubogida ishtirok etadi. Turnirga 17 nafar futbolchi jo‘nab ketgan. Oradan 11 yil o‘tdi, ammo ro‘yxatdagi futbolchilarning birortasi professional darajada bo‘y ko‘rsatgani yo‘q.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi 5-iyun kuni Xitoyga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi (aslida, ushbu o‘yin 4-iyun kuni bo‘lib o‘tishi aytilgan, biroq futbolchilarning charchab qolmasligi uchun murabbiylar tomonidan o‘yin bir kun keyinga ko‘chirilgan).

    Vadim Abramov ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilib, unda murabbiy MTJ va OTJning bo‘lajak uchrashuvlari haqida fikr bildirgan. Ta’kidlanishicha, Xitoy o‘rtoqlik uchrashuvi masalasida o‘zi taklif bilan chiqqan, ular hatto Toshkentga kelishi kerak bo‘lgan. Biroq, bu ish amalga oshmagan va O‘zbekistonning o‘zi Pekinga boradi.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    E’tiborga loyiq bo‘lgan boshqa jihat ham bor — O‘zbekiston 20-iyun kuni Argentina bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi kerak bo‘lgan, ammo bu ish ma’lum sabablarga ko‘ra amalga oshmay qolgan. Oradan 11 yil o‘tib ko‘rishimiz mumkin bo‘lgani O‘zbekiston milliy terma jamoasi haliyam Argentina bilan o‘ynamagan.

    Angliya futbol assotsiatsiyasi FIFA prezidentligi uchun saylovlarda Zepp Blatterni ham, OFK prezidenti Muhammad bin Hammamga ham saylovlarda ovoz bermasligini ma’lum qilgandi. Bin Hammam esa angliyaliklarni jahon futbolida katta obro‘ga e’tiborga ega ekanliklarini aytib, saylovda ovoz berishga chaqirmoqda.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    2011-yilning 28-may sanasida Yevropa Chempionlar Ligasi finali bo‘lib o‘tishi kerak. Unda Angliyaning “Manchester Yunayted”i hamda Ispaniyaning “Barselona”si o‘zaro to‘qnash keladi. O‘yin oldidan jamoalarda imkoniyat qanday, klublarning finalgacha bo‘lgan yo‘li qanday, shular haqida final oldi prevyuda o‘qish mumkin.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Ma’lumot uchun, YChL 2021/2022-yilgi mavsumining finali ham 28-may sanasida o‘tkazilishi belgilangan. Unda Angliyaning “Liverpul”i va Ispaniyaning “Real Madrid”i o‘zaro bahs olib boradi.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining xabar berishicha, 1996-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 9—17-iyun kunlari Ozarbayjondagi Cuspian Cup turnirida ishtirok etadi.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Xabardagi bir jumla ajablanarli: “Aslida mazkur turnirda 1995-yilda tug‘ilgan futbolchilar ishtirok etishi mo‘ljallangandi. Biroq O‘FF ushbu yoshdagi terma jamoaga ega emasligini inobatga olgan holda Ozarbayjonga Dilshod Nuraliyev ustozlik qilayotgan jamoani yuborishga qaror qildi”.

    O‘FF terma jamoalar markazi direktori Asqar Tolibjonov Meksikadagi Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimiga borib kelgan, shuningdek, mutaxassis musobaqa o‘tkaziladigan hududlarga ham tashrif buyurgan. Uning aytishicha, Meksikagacha bo‘lgan yo‘l ancha uzoq kechgan, xususan, Toshkent—Istanbul—Madrid—Mexiko yo‘nalishida parvoz qilishga to‘g‘ri kelgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    O‘zbekistonlik muxlislar musobaqaga olib ketiladimi? Terma jamoalar markazi direktorining so‘zlariga ko‘ra, terma jamoa o‘zi bilan muxlislarni olib ketmaydi. 27 soatni o‘z ichiga oladigan uzoq masofa shunday yo‘l tutilishiga majbur qilgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    O‘FF tartib-intizom qo‘mitasi uchrashuvlarda raqibini haqorat qilgan, raqibiga ataylab jarohat yetkazmoqchi bo‘lgan futbolchilarni jazolagan. Xususan, “So‘g‘diyona” — “Guliston” uchrashuvida yuzaga kelgan holatlar uchun har ikki jamoadan bittadan futbolchi jazolangan. Ta’kidlash joiz, ushbu o‘yinda ko‘p ehtimol kattaroq janjalli voqea yuzaga kelgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Shuningdek, “Mash’al-Akademiya”ga qarshi uchrashuvda jamoadoshini haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgan “Jayhun” darvozaboni Aleksandr Lobanov 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan.

    “Chelsi” xo‘jayini Roman Abromovich ixtiyoridagi jamoa boshqaruvidagi jamoa rulini kimga topshirish borasidagi nomzodlarning yakuniy ro‘yxatini belgilab olgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 27-may sonidan lavha

    Oradan roppa-rosa 11 yil o‘tdi va rossiyalik funksioner Ukraina—Rossiya mojarolari fonida “Chelsi”ni sotib yuborishga majbur bo‘ldi.

    Mavzuga doir: 

    • Futbol yangi inqilob bo‘sag‘asida, Oliy liga taqvimidagi o‘zgarishlar, “Akramov zo‘rmi yoki Abramov?”. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 17-mayda nimalar haqida yozgan?
    • O‘zbekiston terma jamoasining Ukrainaga qarshi o‘yini, bir vaqtda ikkita xorij yig‘inida ishtirok etgan Abramov, “Kroyff va Platini hozirgi Messidan ancha kuchli bo‘lgan”. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 20-mayda nimalar haqida yozgan?
    • Qatar JCh—2022 mezbonligidan mahrum bo‘ladimi? Iste’fodan so‘ng “portlagan” Kabayev, chet el ligasida chempion bo‘lgan 17-o‘zbekistonlik. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 24-mayda nimalar haqida yozgan?

    27.05.2022, 15:12   Izoh (0)   34075
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Real” “Milan” yetakchisi uchun 120 mln yevro to‘lashga tayyor

    27.05.2022, 14:11

    Hakamni kaltaklagan “Navbahor” futzal jamoasi vakillari 2 yilga chetlatildi

    27.05.2022, 12:50

    Xavyer Tebas: “Liga 1 Messi kelganidan keyin 70 mln yevro ishlab oldi, La Liga esa Leo va Ronaldusiz 900 mln daromad qildi”

    27.05.2022, 12:09

    Shohjahon Ergashev argentinalik bokschini mag‘lub etib, g‘alabali yurishini davom ettirdi

    27.05.2022, 11:15

    Xokkey bo‘yicha JCh—2022 musobaqasining yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi

    27.05.2022, 10:10

    Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

    26.05.2022, 21:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.