Toshkent og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi, deya ma’lum qilmoqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.
Musobaqa 2022-yilning 15—25-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda 25 ta davlatdan 400 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi rejalashtirilgan. Bunda yoshlar 250 nafarni, o‘smirlar 200 nafarni tashkil etadi.
O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi 40 nafardan ortiq sportchi bilan qatnashishini ma’lum qilgan.
Shuningdek, Osiyo chempionatini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi musobaqa logotipini ham taqdim etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)