Professional boksning super yengil vazn toifasi (-63,5 kg) vakili Shohjahon Ergashev (22-0, 19 KO) o‘zining navbatdagi jangini 26-may oqshomida AQShda o‘tkazdi.
O‘zbekiston vakiliga argentinalik Luis Alberto Veron (19-4-2, 9 KO) raqib bo‘ldi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Ergashevning g‘alabasini qayd etdi.
Shu tariqa Shohjahon Ergashev professional boksdagi 22-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda.
Shohjahon yanvar oyida professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay boksga qaytganini e’lon qildi.
Izoh (0)