Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyo mamlakatlarining Rossiyaga qo‘llayotgan sanksiyalari tufayli Rossiyaning bir nechta aviakompaniyalari xalqaro, jumladan, O‘zbekistonga reyslarni bekor qildi. 

Foto: Aviation Voice

Foto: Aviation Voice
7-mart holatiga ko‘ra quyidagi kompaniyalar reyslarni bekor qilgan:
  • S7 Airlines;
  • iFly;
  • Aeroflot;
  • Nordwind;
  • AZUR Air;
  • Smartavia.
Ural Airlines va Red Wings aviakompaniyalari parvozlarni Rossiyaning aviatsiya reyestrida ro‘yxatga olingan, Rossiya moliya institutlariga tegishli va Rossiya sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urtalangan samolyotlardan foydalangani sababli davom ettirmoqda. 

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi Rossiya bilan aviaqatnovlar to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasidagi reyslar jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Xavotirga o‘rin yo‘q”, — deyiladi kompaniya xabarida.

Matbuot xizmatining ta’kidlashicha, aviachiptalar bilan bog‘liq firibgarlikning oldini olish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari” yo‘lovchilari aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3 foizlik chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi