• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda mozaikalarni tozalash boshlandi. Ularni baribir bo‘yab tashlash rejada bo‘lgan

    Toshkentning Chilonzor tumanidagi “Katta Olmazor” mahallasida joylashgan 14-uyning fasadidagi sement aralashmani ko‘chirib tashlash boshlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda “Katta Olmazor” mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning fasad qismidagi bezakli kafellarning usti bo‘yalayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Tuman hokimligi holatga munosabat bildirib, mozaikalarni bo‘yash ishlari to‘xtatilganini bildirgandi. Toshkent shahar hokimligi mozaikalar bo‘yab tashlanmayotgani, aksincha, ularni saqlab qoluvchi maxsus qoplama surilayotganini ma’lum qilgandi.

    “Material qum-oqim usuli bilan yuviladi va mozaika tasvirlari poytaxtimiz aholisi ko‘zi oldida o‘zining boshlang‘ich, biroq endi mustahkamroq ko‘rinishida namoyon bo‘ladi”, — deydi hokimlik Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashini madaniy merosni yo‘q qilinishiga e’tiborsizlikda ayblagan blogerni tanqid qilib.

    Mozaik pannodan sement aralashmasi olib tashlanayotgan 14-uy

    Mozaik pannodan sement aralashmasi olib tashlanayotgan 14-uy
    Foto: “Gazeta.uz”

    14-uy boshqa tarafdan ko‘rinishi. Uyning fasad qismi va burchagi sement aralashma surtish uchun tayyorlab qo‘yilgan

    14-uy boshqa tarafdan ko‘rinishi. Uyning fasad qismi va burchagi sement aralashma surtish uchun tayyorlab qo‘yilgan
    Foto: “Gazeta.uz”

    Mozaika chindan ham sementdan tozalana boshladi. Shuningdek, buning uchun haqiqatan ham qum-oqim usuli qo‘llanilmoqda (bu aslida mozaikaga juda yomon ta’sir qilishi mumkin). Biroq nashrning dushanba va chorshanba kunlari ishchilar bilan suhbatida ma’lum bo‘lishicha, aslida, avval-boshida ushbu ko‘chalardagi uylarning fasadini keng ko‘lamli ta’mirlash vaqtida mozaikalarni bo‘yash rejalashtirilgan bo‘lgan.

    Aynan shu maqsadda mozaikaga avval maxsus qoplama bilan ishlov berilgan, keyin esa sement aralashma bilan qoplangan va uning ustiga bo‘yoq qo‘llanilishi kerak bo‘lgan.

    10-uy. 14-uydagi ish tugagandan so‘ng mozaikani tozalash boshlanadi

    10-uy. 14-uydagi ish tugagandan so‘ng mozaikani tozalash boshlanadi
    Foto: “Gazeta.uz”

    Ta’kidlanishicha, hafta boshidan beri uylarni sement aralashma bilan qoplash ishlari to‘xtamayotgan edi. Hozirda ham bu ishlar faol davom etmoqda. Aralashmani panelli uylarning fasad qismlari, burchaklari va ichki tomonlariga, shu jumladan mozaik plitkalarga surtilmoqda.

    10-sonli uyning fasad qismlarida ham mozaika mavjud

    10-sonli uyning fasad qismlarida ham mozaika mavjud
    Foto: “Gazeta.uz”

    Ishchilarning ma’lum qilishicha, hozircha uylarning faqat dekorativ panellari o‘rnatilgan burchaklarini sementdan tozalash rejalashtirilgan. Bitta uy deyarli tozalangan, yana bittasi bor. Plitkalar bir xil bo‘lgan fasadlar sement aralashma ostida qolishi mumkin.

    10-sonli uyning ichki qismidagi mozaik plitkalarni sement aralashma bilan ishlash jarayoni

    10-sonli uyning ichki qismidagi mozaik plitkalarni sement aralashma bilan ishlash jarayoni
    Foto: “Gazeta.uz”

    Xalq deputatlari kengashining Toshkent shahar hokimi (u kengash rahbari ham hisoblanadi — “Daryo” izohi) tomonidan imzolangan qarorida Furqat, Bobur va boshqa ko‘chalar bo‘ylab joylashgan uylarning fasadini ta’mirlash, shuningdek, ko‘chalarni rekonstruksiya qilish va piyodalar yo‘laklarini yaratish nazarda tutilgan.

    Katta Olmazor massividagi uylar. Mozaik plitkalar sement aralashma surtish uchun tayyorlangan

    Katta Olmazor massividagi uylar. Mozaik plitkalar sement aralashma surtish uchun tayyorlangan
    Foto: “Gazeta.uz”

    Hujjatda ta’mirlash qanday amalga oshirilishi, qanday materiallardan foydalanish va qanday sifatga ega bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida aniq talablar keltirilmagan. Loyiha hujjatlari buyurtmachi — poytaxt hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tomonidan tayyorlanib, qurilish sohasida nazorat bo‘yicha hududiy inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak edi.

    Massivdagi uylardan birining fasad qismi. Furqat ko‘chasidan ko‘rinish

    Massivdagi uylardan birining fasad qismi. Furqat ko‘chasidan ko‘rinish
    Foto: “Gazeta.uz”

    Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratilmasdan amalga oshirilmoqda. Piyodalar avtomobil yo‘li bo‘ylab yurishga majbur bo‘lmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Chilonzor tumanidagi uylardan birida belaruslik quruvchilar tomonidan yaratilgan mozaika bo‘yalgani haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng Toshkent shahar hokimligi tomonidan uni tiklash chorasi ko‘rilgandi. Undan bir yil avval Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Parkent Plaza jamoasi bilan birgalikda Yunusobod tumanidagi uylarning birida bo‘yoq surilgan mozaikani to‘g‘rilash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirgandi.

    Mavzuga doir:

    • “Chizilgan asar qanchalik tanqidiy bo‘lmasin, o‘chirilmasligi shart”. Toshkent binolarini bezayotgan mural va strit-art ijodkorlarining muammolari o‘ylaganimizdan-da ko‘pmi?
    • Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardagi mozaikalarga madaniy-tarixiy meros maqomi berilishi mumkin
    • Saida Mirziyoyeva binolardagi mozaika pannolarni saqlab qolish va ta’mirlashga chaqirdi

    31.03.2022, 18:25   Izoh (0)   15233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev hokimlik va vazirliklarga yil yakuniga qadar avtomobil, mebel, ofis anjomlari xarid qilishni taqiqladi

    31.03.2022, 18:03

    O‘zbekistonda yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorlik uchun jarima qo‘llanilmaydi

    31.03.2022, 17:48

    O‘zbekistonda shakar, un, yog‘, go‘sht kabi mahsulotlar uchun aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari pasaytirilishi mumkin

    31.03.2022, 17:32

    “Hokim va prokurorlar qayoqqa qaragan?”. Shavkat Mirziyoyev bozorlarda shakar narxi oshib ketgani haqida gapirdi

    31.03.2022, 17:15

    O‘zbekistonda bosh vazir boshchiligida kundalik ishlaydigan Respublika shtabi tashkil etiladi

    31.03.2022, 17:06

    “Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli” — Shavkat Mirziyoyev

    31.03.2022, 16:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.